TEZ TIBBIY YoRDAM BEMORLARGA NAJOT BAĞIŞLAYDI
Mamlakatimiz aholisiga tez tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş maqsadida “Aholiga tez tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi 2022-yil 16-iyunda qabul qilingan Prezident Qarori sohada tub özgarişlar yasalişiga zamin böldi.
Qarorga muvofiq Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14ta hududiy tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxöjaliklar negizida qayta taşkil qilindi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal tizimi yölga qöyildi. Tibbiy brigada bemorning ahvoli va kasallik turiga qarab, hududidan qatʼiy nazar, unga eng yaqin masofadan yuboriladi. Markaziy şifoxonalarda esa kun-u tun işlaydigan şoşilinç qabul bölimlari taşkil etildi.
Mazkur Qarorga muvofiq taşkil etilgan Respublika tez tibbiy yordam Markazi Qoraqalpoğiston filialiga qaraşli Amudaryo tuman bölimi tuman Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi binosining birinçi qavatida joylaşgan. Bölimda şifokorlarning, feldşerlar, haydovçilarning böş vaqtlarida dam olişlari uçun xonalar, bölim mudiri, xöjalik bekasi xonalari, eng zarur dorilarni saqlaş xonalari mavjud.
Bölim tarkibida 1ta markaziy podstantsiya va 11ta şoxobça mavjud bölib, ularda jami 15 brigada – 11ta umumtarmoq 1ta reanimatsion, 3ta feldşerlik brigadalari faoliyat yuritadi.
Bölimdagi barça avtomaşinalarga GRS örnatilgan bölib, harakatlanişi dispetçer oldidagi monitor orqali onlayn kuzatib boriladi.
Bölimda faoliyat yurituvçi xodimlar jami 302 nafarni taşkil etadi. Şu jumladan, 38 nafari asosiy, 22 nafari örindoş şifokorlar, 161 nafari asosiy, 1 nafari örindoş örta tibbiyot xodimlaridir.
Ular tumanimiz aholisi tez tibbiy yordamga muhtoj bölib qolganda çaqiruvlarga zudlik bilan yetib borişga va tez tibbiy yordam körsatişga oşiqadilar.
Joriy yilning ötgan olti oyi mobaynida bölimga jami 25952ta çaqiruvlar böldi. Ularning 25527tasi bajarilgan. 25776 nafar bemorga tez tibbiy yordam körsatildi. Jami çaqiriqlarning 489tasi baxtsiz hodisalar, 12399tasi şoşilinç çaqiriqlar, 4890tasi şoşilinç bölmagan, 969tasi tuğruq va homiladorlar patologiyasi böyiça çaqiriqlar, 29tasi esa şifoxonadan şifoxonaga ötkazişlardir. Tez tibbiy yordamga muhtoj bölib murojaat qilganlardan 4323 nafar bemor şifoxonaga yotqizildi, 962 nafar bemorga esa ambulator yordam körsatilgan.
Çaqiriqlar davomida tez tibbiy yordamga muhtoj bölib qolgan bemorlarga aniq taşxis qöyiş uçun bölimimizda 13ta EKG apparati va oğir holatdagi bemorlar ahvolini yengillaştiriş uçun zarur bölgan anjomlari, bemorlarga öz vaqtida sifatli tez tibbiy yordam körsatiş uçun 41 nomdagi dori preparatlari mavjud.
Keyingi yillarda aholi orasida tez tibbiy yordamga ehtiyoj kuçayayotganini eʼtiborga olib, yaqin kunlarda markaziy stantsiyada yangidan tez tibbiy yordam brigadasi taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.
Buningdek çora-tadbirlar tumanimiz aholisining soğligini muhofaza qilişga, zarurat tuğilganda dard iskanjasida qolgan odamlarga tezkor tibbiy yordam berişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Konstantin Şabayev,
Respublika tez tibbiy yordam markazi
Amudaryo bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶