Amudaryo tumanida tibbiy aktsiya: bolalar uçun bepul körik va ilk yurak operatsiyalari ötkazildi
Mamlakatimizda yoş avlodni har tomonlama yetuk va soğlom qilib voyaga yetkaziş, ayniqsa, çekka hududlarda yaşovçi aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Uşbu ezgu maqsadlarning amaldagi yorqin ifodasi sifatida yaqinda Amudaryo tumanida muhim ijtimoiy-tibbiy tadbir bölib ötdi. Respublika Bolalar milliy tibbiyot markazining Orolböyi klinikasi tomonidan taşkil etilgan “Salomatlik aktsiyasi” doirasida 0 dan 18 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlar bepul tibbiy körikdan ötkazildi. Natijada hudud aholisi poytaxtdan kelgan yuqori malakali mutaxassislar xizmatidan öz yaşaş joyida foydalaniş imkoniga ega böldi.
Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasida keçgan jarayonlarda otolaringolog, neyroxirurg, plastik jarroh, nevropatolog, ortoped, umumiy jarroh, urolog, kardioxirurg, pediatr, gematolog va ultratovuş diagnostikasi kabi tor doiradagi şifokorlar iştirok etdi. Har bir bemorning holati individual örganilib, yaşirin kasalliklar va tuğma nuqsonlar erta bosqiçda aniqlandi. Kelajakda murakkab jarrohlik amaliyotini talab qiladigan holatlar nazoratga olinib, bemorlarga Respublika Bolalar milliy tibbiyot markazining Orolböyi klinikasiga yöllanmalar berildi. Muhimi şundaki, bunday yöllanmaga ega bolalar uçun barça jarrohlik amaliyotlari mutlaqo bepul ötkazilişi belgilandi. Bu esa köplab ehtiyojmand oilalarning moddiy yukini yengillaştirib, minglab bolalarga soğlom hayot baxş etadi. Şuningdek, tibbiyot xodimlari ota-onalar bilan oçiq muloqotda bölib, soğlom turmuş tarzi va kasalliklar profilaktikasi böyiça zarur tuşunçalarni berdilar.
Uşbu tibbiy aktsiyaning eng tarixiy voqeasi — poytaxtdan kelgan tajribali kardioxirurglar tomonidan Amudaryo tumani tibbiyoti tarixida ilk bor bolalarda yurak jarrohlik amaliyotlarining mahalliy şaroitda muvaffaqiyatli bajarilganidir. Oldinlari bunday murakkab operatsiyalar uçun bemorlar katta mablağ va vaqt sarflab poytaxtga borişga majbur edi. Endilikda eng sönggi tibbiy standartlar asosida ötkazilgan noyob operatsiyalar mitti bemorlarning hayotini saqlab qolişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xulosa örnida aytganda, mazkur yirik aktsiya nafaqat profilaktik körik, balki real amaliy yordam maydoniga aylandi. Yuzlab bolalar çuqurlaştirilgan nazoratdan ötib, ehtiyojmandlar keyingi davolaniş bosqiçlariga muvaffaqiyatli yönaltirildi. Bunday ezgu taşabbuslar har bir bolaning hayoti va soğliği doimiy himoyada ekanini yana bir bor amalda isbotlaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶