HOKIM YoRDAMÇISINING FAOLIYaTI SAMARALI BÖLAYaPTI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça davlat siyosatining ustuvor yönalişlari töğrisida”gi Farmoniga muvofiq ovul, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça faoliyat yuritayotgan hokim yordamçilari aholiga amalga oşirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini keng tuşuntirib, ular hayotidagi muammolarni joyida hal qilişmoqda.
Ular sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yönalişlarini belgilab, xonadonbay röyxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy ahvolni aniqlaşib, zarurat tuğilgan oilalarni qöllab-quvvatlamoqda, tadbirkorlikka qiziquvçi aholiga faoliyatini taşkil etişiga kömaklaşmoqda. Şuningdek, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uçun zarur bölgan xizmatlar turlarini rivojlantirayotgani bois, hokim yordamçilariga xalqning işonçi, hurmati ortmoqda.
Tumanimizning Qangli ovulida faoliyat yuritayotgan hokim yordamçisi Karomaddin Eşmonov ham öz mehnatlari, intilişlari bilan ovul hayotida ijobiy özgarişlar, yangilaniş larga sababçi bölayotir.
Ovulda 621 ta xonadon mavjud. Ulardagi 932 ta oilada 3476 nafar aholi istiqomat qiladi. Yil boşida ovul fuqaro yiğini masʼullari iştirokida barça xonadonlar töliq xatlovdan ötkazilib, şunga muvofiq hududda amalga oşirilişi lozim bölgan işlar belgilab olindi va ijrosi taʼminlanmoqda.
Yilning ötgan yarim yilida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi asosida xatlov davomida aniqlangan tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagi bor 67 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olişga tavsiyanomalar berildi va ajratilgan 982,7 million söm kredit evaziga faoliyatini boşladilar. Işsiz, ammo mehnat qilişga yaroqli 37 nafar aholiga “E-Auksion” elektron savdo platformasi orqali 27,6 gektar yer uzoq muddatga ijaraga dehqonçilik bilan şuğullanişi uçun ajratildi.
Aholi bandligini taʼminlaş, ularning doimiy, işonçli daromadga ega bölişiga, turmuşi farovonlaşuviga asos böladi. Karomaddin Eşmanov şuning uçun ham işsiz, işlaş istagidagi aholi, ayniqsa yoşlarning bandligini taʼminlaşga, yaxşi daromad topib, öz hayotlaridan mamnun bölib yaşaşlariga erişişiga intilmoqda. Uning bu boradagi saʼy-harakatlari natijada ovulning 123 nafarining bandligi taʼminlandi. Ularning 67 nafari doimiy işga joylaşdi, 1 nafari haq tölanadigan jamoat işiga jalb etildi, 55 nafar fuqarolarning özini özi band qilişi orqali bandligi taʼminlandi, yangidan 2 ta yuridik, 8 ta dehqon xöjaliklari subʼektlari taşkil etildi.
Karomaddin Eşmonov ovul fuqarolar yiğini raisi, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda hududda tadbirkorlikni rivojlantirişning içki imkoniyatlarini izlab topişga, tomorqa yerlardan samarali foydalanişga erişişga, oilalarda daromad manbalarini yaratişga intilmoqda.
Qangliliklar asli mehnatkaş, dehqonçilik va çorvaçilik bilan şuğullanmaydigan odam yöq hisobi ovulda. Endilikda kiçik işlab çiqariş, xizmat körsatiş va boşqa turdagi faoliyatlarni yölga qöyiş orqali ovul aholisi turmuşi sifatini oşiriş hokim yordamçisining asosiy maqsadi. Bu borada köpgina natijalarga erişayapti ham.
Intilganga tole yor, deydi xalqimiz. Ha, çindan-da ezgu niyatlar, aniq maqsadlar sari intiliş – besamar ketmaydi. Işlaşdan, el ğamida intilişdan çarçamaydigan Karomaddin Eşmanovning kelgusi faoliyatiga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶