“Adolat” SDPdan Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili amudaryolik saylovçilar bilan uçraşdi
Maʼlumki, joriy yilning 9-iyul kuni yurtimizda muhim siyosiy jarayon − Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötadi. Uşbu jarayonga befarq bölmagan yurtdoşlarimiz nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanişib, özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berişni niyat qilişgan.
Bu borada siyosiy partiyalardan körsatilgan Prezidentlikka nomzodlarning Özbekistonni har tomonlama rivojlantirişga möljallangan dastur va maqsadlarini saylovçilarga keng tarzda tuşuntiriş va tarğib qiliş maqsadida hududlar böylab nomzodlar va ularning işonçli vakillari bilan uçraşuvlar taşkil etilmoqda.
Şunday uçraşuvlardan biri Amudaryo tumanida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Robaxon Maxmudovaning işonçli vakili Nurliboy Qayipbergenov iştirokida bölib ötdi.
Uçraşuvda Prezidentlikka nomzod Robaxon Maxmudovaning hayoti va mehnat faoliyati töğrisida batafsil maʼlumot berildi. Saylovçilar Prezidentlikka nomzodning xalqimiz xohiş-irodasini ifoda etuvçi saylovoldi dasturi bilan taniştirildi.
Şuningdek, mamlakatimizda bölib ötadigan muhim siyosiy jarayonning kelajakda davlatimiz rivoji, aholi farovonligini taʼminlaşdagi ahamiyati keng tarğib qilindi.
Nomzodning saylovoldi dasturida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy tamoyil davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida taʼkidlanib, xalq hokimiyatining yorqin timsoli bölmiş vakillik demokratiyasi institutining roli va ahamiyatini yanada oşiriş, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanişini taʼminlaş, jamiyatning innovatsion, intellektual salohiyatini röyobga çiqariş va inson kapitalini rivojlantiriş kabi masalalarda izçil takliflarning ilgari surilayotgani saylovçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Şuningdek, nomzodning saylovoldi dasturidagi fuqarolarga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaş, tibbiyot xodimlari va öqituvçi-pedagoglarning maqomini mustahkamlaş, ularning mehnatini rağbatlantiriş, zamonaviy texnologiya va davolaş usullarini keng joriy qiliş, “Aqlli tibbiyot” tizimini şakllantiriş, yaxşilaş böyiça taşabbuslar yangidan yangi ğoya va aniq çora-tadbirlarga boyligi bilan ahamiyatli böldi.
Uçraşuvda nomzodning saylovoldi dasturi qöllab-quvvatlanib, unda xalqçil ğoya boş maqsad qilib qöyilganligi fikr bildiruvçilar tomonidan alohida taʼkidlandi.
Nomzodning işonçli vakili oldimizda turgan muhim tarixiy tadbirda Robaxon Maxmudovaga ovoz berişga, saylov kuni barçani faol iştirok etişga çaqirdi.
“Adolat” SDP tuman Kengaşi raisi, Öktam Yöldaşev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶