PARVOZING BALAND BÖLSIN, SEVINÇOY!
Iqtidorli, ilmli va intiluvçan yoşlar nafaqat oilasining, balki, yurtimizning ham faxridir. Çunki Vatanimiz kelajagi, xalqimiz taqdiri yoşlar qölida.
Şuning uçun ham mamlakatimiz umumiy örta taʼlim maktablarida pedagoglar jamoasi oldiga qöyiladigan asosiy talab – öquvçilarga bilim asoslarini çuqur örgatiş, iqtidorli öquvçilarni aniqlaş, iqtidorini qiziqişi yuqori yönalişda rivojlantirişga kömaklaşiş, uni yuzaga çiqarişi uçun şart-şaroit yaratişdir.
Şuningdek, taʼlim muassasalarida yoşlarni mustaqil fikrlaşga örgatiş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş lozim. Ularning biror kasb-hunarni yo mutaxassislikni egallaşi uçun poydevor yaratiş, iqtidorli öquvçilarni rağbatlantirib, ularni yana ham öz ustida işlaşga, intilişga jalb etmoq lozim.
Amudaryo tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarida ham ana şunday uluğvor maqsad masʼuliyat bilan ado etilayotgani bois, ularda köpgina iqtidorli öquvçilar kamolga yetmoqda.
Joriy öquv yilida tumandagi umumiy örta taʼlim maktablarini bitirgan 2704 nafar yoşlarning 36 nafari oltin, 11 nafari kumuş medallar bilan taʼlim muassasasini tugatib, qizil attestat olişga erişdilar.
Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan 16-sonli maktabning bitiruvçisi Rustambekova Sevinç Nurbek qizi ham umumiy örta taʼlimni oltin medal bilan tugatib, nafaqat oilasi, ustozlarining ham faxriga aylandi.
2005-yilda tuğilgan Sevinç Rustambekova birinçi sinfga ilk qadam qöygan davridanoq dars maşğulotlarini heç qiynalmay özlaştirişi, namunali xulqi bilan ajralib turardi. Yuqori sinflarga kötarilganida uning ayniqsa xorijiy – ingliz tilini bilişga, örganişga qiziqişi yuqori ekanini sezgan ustozi Marhabo Şomurodova u bilan jiddiy şuğullandi, darsdan böş vaqtlarida mutolaa qilib bilimini oşirişi uçun qöşimça adabiyotlar berdi.
Maktabda ustozlar saʼy-harakatiga oilasidagi uning taʼlim-tarbiyasiga berilgan eʼtibor Sevinçoyning ingliz tilini mukammal örganişiga asos böldi. Mazkur maktabda uzoq yillar matematika öqituvçisi bölib işlagan buvisi Öğiljon Sultonova, ota-onasi uning darsdan söng öquv markaziga qatnab, ingliz tilini çuqur örganişiga ğamxörlik qildilar va natijada Sevinçoy IELTS sertifikati uçun ingliz tilidan imtihon topşirib, 7 ball, ona tilidan bilim darajasini aniqlaşda esa 84 ball töplaşga erişib, milliy sertifikat olişga erişdi.
Sevinçoy özi öquvçi bölaturib, “ICEBERG” öquv markazida özi kabi ingliz tilini bilişga qiziquvçi yoşlarga ingliz tilidan dars ham berdi.
Maktabni muvaffaqiyatli, oltin medal bilan tugatib, ingliz tilini yuqori darajada özlaştirgan qiz hozirgi kunda yettita xorijiy oliygohlarga grant asosida talabalikka qabul qiliniş huquqini qölga kiritdi. Biroq u öz kelajagini ança oldin rejalaştirib qöygan edi. Yaʼni ota-onasi, buvisi tavsiyasiga köra, Toşkentdagi Jahon tillari universitetida öqib, yetuk ingliz tili mutaxassisi böliş va tumanimiz yoşlarining ingliz tili bilimdoni bölişlariga kömaklaşiş uçun zamonaviy şaroitlarda faoliyat yuritadigan öquv markazini taşkil etiş.
Orzular qanotida kelajagi sari parvozga dadil şaylanayotgan Sevinç Rustambekovaga kelgusida muvaffaqiyatlar yor bölişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶