“Qadriyatlaring boqiy bölsin, Navröz!” şiori ostida Amudaryo tumanida Navröz bayrami keng nişonlandi
Tarovatli kunlarda tabiat uyğonib, jonajon diyorimizga barçamiz orziqib, soğinib kutgan Navrözi olam kirib keldi. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning körku ziynati bölib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yanada çeksiz quvonç va zavq bağişlamoqda.
Bayram munosabati bilan barça şarq xalqlari qatori yurtimizning jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar xalqi ham Navröz ayyomini tantanali tarzda nişonlamoqda.
19-mart kuni Amudaryo tumanining Döstlik mahallasi hududidagi Vaxum aholi punktida joylaşgan bolalar öyingohida ham “Qadriyatlaring boqiy bölsin, Navröz!” şoiri ostida bayram tadbiri taşkil qilindi.
Bayram tadbirida respublika va tuman miqyosidagi rahbarlar, deputatlar, korxona-taşkilotlar hamda bölimlar masʼullari, fuqarolar yiğinlari vakillari, taniqli sanʼatkorlar, taʼlim-tarbiya muassalari xodimlari hamda tuman aholisi iştirok etdi.
Tadbir avvalida tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov tuman hokimi Sobir Xöjametovning xalqimizga yöllagan bayram tabrigini öqib eşittirdi. Bayram tabrigida ötgan davr mobaynida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida barça sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar, erişilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar xususida maʼlumotlar berildi.
Navröz — yangi dehqonçilik mavsumining boşlanişi, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi. Bobodehqonlarimiz yangi dehqonçilik yilining serhosil, qut-barakali kelişini, tökin-soçin bölişini tilab duo qilib, allaqaçon dalada işlarni boşlab yuborişgan.
Ayni paytda mirişkor dehqonlarimiz 5 ming 970 gektar yerga ekilgan ğalla maydonlarida unib çiqqan maysalarni mehr bilan parvarişlamoqdalar. Maqsad — ekilgan ğalladan kamida 60-80 tsentnergaça hosil oliş va xalqimiz xirmonini donga, dasturxonini nonga töldirişdir.
Bayram tabrigida taʼkidlanganidek, 2022-2026-yillarga möljallangan “Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida “Inson qadri uçun” degan tamoyil asosida xalqimizning turmuş farovonligini yanada oşiriş, iqtisodiyotni va tadbirkorlikni jadal rivojlantirişga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oşirilmoqda. Turli dasturlar doirasida 2024-yil davomida 4855 nafar fuqarolarga 65,5 mlrd sömlik kreditlar ajratildi.
Muhtaram Prezidentimizning taşabbusi asosida tomorqa va ijaraga olingan yer maydonlaridan samarali foydalaniş böyiça elektron onlayn auktsion savdolari orqali jami 1536 gektar yer maydonlari 4275 nafar işsiz fuqarolarga ajratib berilgan.
Şuningdek, joriy yilda ham tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida 39 ta loyihalarga 317,8 mlrd. cömlik investitsiyalar jalb qiliş orqali 582 ta yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan. 2025-yilda tumanimizda eksport körsatkiçlarini 16 mln. dollarga, şundan sanoat korxonalarining eksport hajmini 12 mln. dollarga, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini 4 mln. dollarga yetkaziş közda tutilmoqda.
Barça manbalar hisobidan 15 ta ijtimoiy soha obʼektlarida jami 52,5 mlrd. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Qolaversa, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan tuman aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida qiymati 29 mln. dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Bu loyiha orqali 3 dona içimlik suv obʼekti hamda 300 km dan ortiq içimlik suvi tarmoqlari quriş va rekonstruktsiya qiliş belgilangan.
Qayd etiş joizki, bugungi kunda amalga oşirilayotgan islohotlarning barçasi xalqimizning turmuş tarzni yaxşilaş, barqaror iqtisodiyotni taʼminlaş, ijtimoiy adolatni qaror toptiriş va bu jarayonda aholining har bir qatlamiga, ayniqsa, kam taʼminlangan şaxslarga, yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga eʼtibor qaratilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş eng ustuvor masalalar sifatida qaralmoqda.
Bayram tadbiri mobaynida xalqimiz uçun milliy taomlar va noz-neʼmatlarga boy bölgan bayram dasturxoni yozildi. Milliy urf-odatlarimiz, millatlararo hamdöstlik, köklam, Vatan, şodlik, yangilaniş, baxtni tarannum etuvçi turli körinişlar, ajoyib sahnaviy çiqişlar, raqslar, kuy-qöşiqlarga boy bölgan katta kontsert dasturi tadbirga yuqori şukuh va bayramona kayfiyat bağişladi.
Şuningdek, sayl mobaynida tuman hokimi Sobir Xöjametov hokim kubogi uçun ötkazilgan sport musobaqalari ğoliblariga diplom hamda qimmatbaho sovğalarni topşirdi. Navröz saylida har bir qişloq va mahalla polvonlari, mohir sportçilari bilan kuraş, arqon tortişuv bahslari katta taassurotlarga boy tarzda ötkazildi. Barça bellaşuvlar ğoliblariga bayram sovğalari topşirildi.
Navröz – bu nafaqat yangi yilning boşlanişi, balki odamlar örtasida hamjihatlik, mehr-muhabbat, adolat va birdamlik ramzidir. U köpgina xalqlar uçun yangi umidlar deboçasi, yangi rejalar tuziş pallasi. Navröz kun bilan tunning tenglaşişi, borliqning uyğonişi, insonning tabiat bilan uyğunligini his qilgan holda mehnat maydoni tomon oşiqişi bilan barçaga birdek qadrli fasl. Navröz tiriklik, yaşillik, yaşariş va yangilaniş ayyomidir. Şuning uçun ham Navröz bayrami neça-neça zamonlardan buyon ardoqlanib keladi, xalqimiz tomonidan sevib nişonlanadi.
Fursatdan foydalanib, xalqimizni mana şunday qadimiy va boqiy bayram – Navröz ayyomi bilan bilan tabriklaymiz! Şarqona yangi yilimiz har bir xonadonga tinçlik-xotirjamlik, baxt-u saodat, obodlik va farovonlik bilan kelsin! Bayram muborak bölsin!
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶