BIRINÇI USTOZGA EHTIROM KÖRSATILDI
Maktab – qutluğ dargoh. Ming turfa hayajon, hayrat ila şu dargohga qadam qöygan jajji öğil-qizlarning ertaga qanday insonlar bölib voyaga yetişi ularga maktabdagi taʼlim beriş sifati-samaradorligiga köp jihatdan boğliq. Oilada ilk hayotiy tuşunçalari şakllangan bola maktab taʼlimidan savodi çiqadi, ilm örganadi. Uyğun tarbiya yoş niholsifat bolaning kamolga yetişini taʼminlaydi. Bunda albatta boşlanğiç taʼlimning örni juda muhim.
Umumiy örta taʼlimning poydevori hisoblanmiş boşlanğiç taʼlimga ilk qadam qöygan bolada poydevorning mustahkam bölişi köp jihatdan öqituvçiga boğliq.
6-7 yoşli bola misli oq qoğoz, unda nimalar aks etişi oila tarbiyasi va boşlanğiç taʼlim sifatiga boğliq. Boşlanğiç taʼlim fani öqituvçisi dastur böyiça öqitiladigan barça fanlarni çuqur bilişidan taşqari, öqitiş mahoratiga ham ega bölişi talab etiladi.
Manğit şahridagi 16-sonli maktab taʼlim samaradorligi böyiça tumanimizda közga köringan namunali muassasalardan hisoblanadi. Maktab öquvçilari asosiy fanlar olimpiadalarida, turli körik-tanlovlarda iştirok etişib, köpgina yutuqlarni qölga kiritib kelişmoqda.
Erişilayotgan yutuqlarda maktabning boşlanğiç sinf öqituvçilarining munosib hissalari bor. Şarofat Jumatova ularning biri. Tajribali muallima har safar 1-sinfga bolalarni qabul qilganida ota-onalar farzandlarini şu sinfga joylaştirişga intilişadi.
Şarofat Jumatova tabiatan mehrli, köngli oçiq, bolajon. U taʼlim berayotgan sinfi öquvçilarining puxta bilim olişlari uçun ğamxörlik qiladi, dars jarayonida turli ilğor pedagogik texnologiyalarni qöllab, darsiga öquvçilar eʼtiborini jalb qila oladi. Şu boisdan ham taʼlim berayotgan öquvçilari boşlanğiç sinflardayoq köpgina yutuqlarga erişib, özligini namoyon etişadi.
Mahoratli muallima 2019-2020 öquv yilida maktabga ilk qadam qöygan 31 nafar jajji öğil-qizlarni qabul qilib olgan edi. Joriy öquv yili yakunida u 4-yil davomida fidoyilik bilan ilk saboq bergan öquvçilari boşlanğiç taʼlimni tugatayaptilar.
Şu munosabat bilan ötkazilgan “Xayr, birinçi ustozim!” nomli maʼnaviy-madaniy tadbir barça iştirokçilarda öçmas taassurotlar qoldirdi. Tadbirga maktab maʼmuriyati vakillari, öqituvçilar, öquvçilar, ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Maktab majlislar xonasi bayramona bezatilgan. Bir ota-ona farzandlariday çiroyli kiyinib, qöllarida guldastalar tutib sahnaga çiqib kelgan öquvçilarni ota-onalar, barça iştirokçilar – qarsaklar bilan olqişlab turişdi. Ularni ustozi Şarofat Jumatova boşlanğiç taʼlimni tugatayotganliklari bilan qizğin tabrikladi, kelgusi öqişlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Boşlanğiç sinf bitiruvçilari qöllaridan tutib, yozişni, öqişni örgatgan, har birining bilimli, aqlli va kuçli bölib ulğayişiga ğamxörlik qilib, fidoyilik bilan taʼlim-tarbiya bergan ustoziga mehri va ehtiromini şeʼrlar, qöşiqlar, raqslar bilan izhor etdilar.
Tadbirda iştirok etgan ota-onalar Şarofat Jumatovaga çeksiz minnatdorçiliklarini bildirdilar.
Tadbirda davrada öquvçilari taqdim etgan guldastalarni bağriga bosib ötirgan muallima ham, barça iştirokçilar ham öquvçilar tayyorlagan “Xayr, birinçi ustozim!” nomli musiqiy dasturdan ulkan taassurotlar oldilar.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶