Şimoli-ğarbiy harbiy okrugda harbiy xizmatçilar örtasida kibersport böyiça okrug birinçiligi ötkazildi
Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari va raqamli tizimlar nafaqat fuqarolik sohasida, balki mudofaa tizimida ham hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kun harbiy xizmatçisidan nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki yuksak intellektual salohiyat, tezkor strategik fikrlaş va zamonaviy texnologik vositalarni mukammal egallaş talab etiladi. Ana şu maqsadlarni közlagan holda, Şimoli-ğarbiy harbiy okrug tasarrufidagi qism va bölinmalar örtasida kibersport musobaqasining okrug bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur turnir şunçaki köngiloçar öyin sifatida emas, balki harbiy xizmatçilarning professional könikmalarini virtual muhitda sinovdan ötkaziş maydoni sifatida taşkil etildi. Jamoaviy hamkorlik va özaro işonçni mustahkamlaş, stress va kuçli ruhiy bosim ostida tezkor va töğri qaror qabul qiliş qobiliyatini rivojlantiriş, virtual jangovar harakatlar orqali strategik va taktik fikrlaşni çarxlaş hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş musobaqaning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Okrug bosqiçida quyi bosqiçlardan saralab olingan eng kuçli 8 ta jamoa iştirok etdi. Bellaşuvlar kibersportning dunyo miqyosida tan olingan taktik yönalişlari böyiça ikkita murakkab xaritada bölib ötdi. Qurʼa taşlaş natijasiga köra, jamoalar şartli ravişda “Maxsus kuçlar” va “Raqib” tomonlariga bölinib, özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqa reglamentiga köra, har bir öyin ikki bosqiçda, jami 30 raunddan iborat böldi. Har bir tomon 15 raunddan söng rollarni almaşgan holda öz mahoratini namoyiş etdi. Bu esa iştirokçilardan ham hujum, ham mudofaa taktikasini birdek mukammal egallaşni talab qilişi bilan ahamiyatli böldi.
Öyin jarayonida jamoalar raqibning harakatlarini oldindan prognoz qiliş, aniq rejalaştiriş va soniyalar içida vaziyatga moslaşiş orqali ustunlikka erişişga harakat qildilar. Har bir raunddan söng komandirlar öz strategiyasini yangilab, yöl qöyilgan xatolarni tahlil qilgan holda yangi taktik sxemalarni amaliyotga tatbiq etdilar.
Bellaşuvlar davomida aniqlandiki, yakka tartibdagi mahoratdan köra, muvofiqlaştirilgan jamoaviy harakat va bir-birini sözsiz tuşuniş ğalabaning asosiy omili hisoblanadi. Harbiy xizmatçilar virtual maydonda ham xuddi haqiqiy jangovar vaziyatdagidek intizom va jipslikni namoyiş etdilar.
Musobaqa taşkilotçilarining taʼkidlaşiça, Kibersport — bu şunçaki monitor qarşisidagi öyin emas, bu ong va strategiyalar töqnaşuvidir. Bu yerda har bir soniya ahamiyatga ega va qabul qilingan bitta qaror butun boşli jamoa taqdirini hal qilişi mumkin.
Musobaqa yakunida ğolib va faol iştirokçilar okrug qömondonligi tomonidan munosib taqdirlandilar. Taşkilotçilarning taʼkidlaşiça, bu kabi tadbirlar harbiy xizmatçilarning nafaqat böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, balki ularning intellektual va texnologik tayyorgarligini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim örin tutadi.
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondaşuvlarni harbiy taʼlim hamda tarbiya jarayoniga tatbiq etiş işlari izçil davom ettirilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶