16-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINÇI USTOZIM!” NOMLI TADBIR ÖTKAZILDI
Yurtimizda murabbiylik, ustozlik uluğ maqom sanaladi. Ustozlarni çor-atrofni öz nurlari ila çoroğon etuvçi quyoşga öxşatişadi. Çindan-da, quyoş olamni yoritsa, ustoz-muallimlar yoş avlod könglini ilm nuri ila yoritadilar, maʼrifat, maʼnaviyat ulaşadilar. Hazrat Abdurahmon jomiy aytganlariday:
Ustoz, murabbiysiz qolganda zamon,
Zulumotdan qora bölardi jahon.
Muallim sözi “ilm beruvçi”, “örgatuvçi” degan maʼnolarni anglatişi ham bejiz emas. Şu boisdan ham ular doimo barçaning eʼzozida, ardoğida. Ayniqsa maktabga ilk qadam qöygan bola qölidan tutib, harflarni yozişni, öqişni örgatgan ilk ustozini heç qaçon unutmaydi.
Mustaqil yurtimizdagi barça umumtaʼlim maktablarga bundan tört yil oldin olamça hayrat bilan 1-sinfga öqişga qabul qilingan jajji bolakaylar ayni kunlarda 4-sinfni yakunlamoqdalar, boşlanğiç taʼlimni tugatmoqdalar.
16-sonli umumtaʼlim maktabining 4-A sinf öquvçilari ham boşlanğiç taʼlimni yakunlab, birinçi öqituvçisi bilan xayrlaşib, katta sinflarga qadam qöyiş arafasida turişibdi. Ularga boşlanğiç sinf öqituvçisi Barno Yöldoşova 4-yil davomida taʼlim tarbiya berib kelgan va öz farzandiday qadrdon bölib qolgan öquvçilari bilan xayrlaşdi va şu munosabat bilan “Xayr, birinçi ustozim!” nomli adabiy-badiiy keça ötkazildi.
Darhaqiqat, har bir inson qayerda işlamasin, qanday kasb egasi bölmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yöllagan ustozlarini hurmat bilan esga oladi. Bugun mana şu sinfxonada ötirgan jajji öquvçilar qöliga qalam tutqazgan, ularga yozişni-öqişni örgatgan birinçi ustozi Barno Yöldoşovadan bir umr minnatdor bölib yaşasalar ajab emas.
Tadbirda ular ustoziga minnatdorçiligi sifatida yod olgan şeʼrlarini ifodali öqib berdilar.
Tadbirda 4-“A” sinf öquvçilari 20 yillik pedagogik iş tajribasiga ega Barno Yöldoşovadan 4-yil davomida örgangan bilimlarini, ona Vatan, maktab va ustozlariga atab şeʼr va qöşiqlar aytib, tarbiyaviy mazmunga ega sahna körinişlarini hamda milliy raqslarni namoyiş qildilar. Uşbu tadbirda iştirok qilayotgan ota-onalar farzandlariga ilk saboq bergan sinf rahbari işlariga muvaffaqiyatlar tilab, öz minnatdorçiliklarini bildirib ötişdi.
Tadbirda jajji bitiruvçilar tilidan ajoyib qöşiqlar yangradi. Ayniqsa ular tayyorlagan raqslarni maktab pedagoglar jamoasi va öquvçilarning ota-onalari olqişlar bilan kuzatdilar. Bir söz bilan aytganda, maktablarda 4-sinflar uçun ötkaziladigan bunday tadbirlar kelajak sari dadil qadam taşlayotgan, ertamiz egalarini ajdodlarimizga munosib farzand bölib voyaga yetişga ruhlantiradi.
Sahnada tizilişib turib “Xayr, birinçi ustozim” deya qalb harorati ila kuylayotgan bolajonlarning yuz-közlarida ustoziga çeksiz mehr, minnatdorlik aks etadi. Endi bu öquvçilar kelgusi 2023-2024 öquv yilini yangi şaroitlarda, yangi ustozlar bilan davom ettirişadi. Boşlanğiç taʼlim ular uçun bunda muhim poydevor bölib xizmat qiladi. Şu boisdan ham ular kelgusida ham aʼlo baholarga öqişga, ilk ustozi işonçini oqlaşga intilişadi.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶