EL BIRDAMLIGI - KATTA KUÇ
Men mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining birinçi taşkiliy yiğilişidagi nutqini butun diqqat-eʼtiborim bilan tingladim. Yurtboşimizning mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oşirilgan uluğvor işlarga baho berib, kelgusida oldimizda turgan muhim vazifalarga deputatlar eʼtiborini tortib, "Bugungi kunda biz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilişiga qaratilgan olis va oğir yölning faqat bir qisminigina bosib ötdik, xolos. Uning hal qiluvçi qismi hali oldinda, yaʼni bu yölda öz yeçimini kutib turgan vazifalarimiz kamaygani yöq, aksinça zamon talabi bilan ularning kölami va miqyosi tobora kengayib bormoqda. Albatta, barçamiz bu haqiqatni yaxşi tuşunamiz va bu yölda qançadan-qança kutilmagan qiyinçiliklar, turli sinovlar bölişi mumkinligini ham özimizça tasavvur qilamiz”, degan sözlari ayniqsa, qattiq taʼsir qildi.
Ha, oldimizdagi vazifalar maşaqqatli. Biroq mening nazarimda istiqlolning ilk davrlarida mamlakatimiz tanlagan öziga xos va öziga mos taraqqiyot yöliga butun xalqimiz işondi va mehnat qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari taqçilligi, iqtisodiy qiyinçiliklarga qaramay, şu yöl porloq istiqbolga eltişiga işonib, ertagi kuniga işonib, boriga qanoat qilib yaşadi xalqimiz. Duç kelgan qiyinçilikka barobar yelka tutdi. Bularni yengişga undagan, xalqimizni birlaştirgan kuç–Vatanimiz kelajagiga, tanlangan taraqqiyot yöliga işonç edi. Va bu yölning istiqbol yöli ekanligini bugun butundunyo tan oldi. Dunyo xaritasida Özbekiston deya ataluvçi iqtisodi baquvvat, farzandlari heç kimdan kam bölmagan, yil ön ikki oyi quyoşli mamlakat öz örni, mavqeiga ega böldi.
Hayot–harakat demakdir. Birbiri bilan oğaini, döst-birodar xalqimiz oldimizdagi rejalangan işlarning ham yakdillik bilan uddasidan çiqadilar, deb işonaman.
Nafisa SAFARBAYeVA,
31-maktab öqituvçisi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶