16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:16
Fan va taʼlim 👁 412

“AMIR TEMUR BOBOMIZ DOIMO BARHAYoT” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

“AMIR TEMUR BOBOMIZ DOIMO BARHAYoT” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Sohibqiron Amir Temur tavalludiga joriy yilning 9-aprelida 687-yil toʻldi. Oʻrta asrlarning yiriy davlat arbobi, buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, oʻz davrining maʼrifatparvari boʻlgan ulugʻ bobomiz yashab oʻtgan davrdan beri qancha vaqtlar oʻtgan boʻlsa-da uning hayoti va faoliyati avlodlar uchun hamon yoʻlchi yulduz boʻlib xizmat qilmoqda. Chunki jahongir bobomizning hayoti haqiqiy vatanparvarlik namunasidir.

Sana munosabati bilan Sohibqiron bobomizga bagʻishlab koʻpgina tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Shu yilning 8-aprelida Amudaryo tumanidagi 34-sonli maktabda ham Amir Temur tavalludiga 687-yil toʻlishi munosabati bilan maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktabning tarix fani oʻqituvchisi Nurbek Otajonov, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi Surayyo Bozorboyevalar tashkillashtirdilar. Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sherzod Sultonov kechani ochib berdi.

Maʼlumki 14-asrning ikkinchi yarmi va 15-asr boshlarida moʻgʻullar hukmronligi va feodal tarqoqliq hukm surishi natijasida bosqinchilar zulmidan ezilgan Markaziy Osiyoda Amir Temur boshchiligida yagona tugʻ ostida markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi, 27 ta davlatni oʻz ichiga olgan Amir temur saltanatiga asos solindi.

Jahongir bobomizning hayot yoʻli, harbiy salohiyati va xalqparvarligi, maʼrifatparvarligi, adolatliligi, davlatni boshqarishdagi cheksiz mahorati oradan shuncha vaqtlar oʻtsa-da, hamon dunyo xalqlariga ibrat boʻlib kelmoqda.

Tadbirda tarix fani oʻqituvchisi Gulnora Hayitmurova Amir Temurning hayoti va faoliyati, Oʻrta Osiyo xalqlari taraqqiyotiga, ilm-fan rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida qiziqarli maʼruza qildi.

Shundan soʻng maktabning 1-sinf oʻquvchilari ustozi Dildora Sharipova koʻmagida tayyorlagan Sohibqiron bobomiz hayotiga oid sahna koʻrinishini namoyish etdilar. 7-a, b hamda 8-b sinflarning iqtidorli oʻquvchilari Amir Temurga bagʻishlangan sheʼrlarni ifodali oʻqib, uning hayotidan sahna koʻrinishlarini ijro etdilar.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, mazkur maktabda 3-yildan beri faoliyat yuritayotgan “Yosh kitobxon” va oʻzbek jang sanʼati toʻgaraklari ishtirokchilari maktabda oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishadi, oʻz iqtidorlarini namoyish etib, qiziqarli oʻtishiga hissa qoʻshishadi. Mazkur tadbirda ham ularning har chiqishlari barchada ulkan taassurotlar qoldirdi. Xususan, oʻzbek jang sanʼati toʻgaragi aʼzolarining Amir Temur askarlari sifatidagi chiqishlarini barcha ishtirokchilar qarsaklar bilan olqishlab turdilar.

Tajribali murabbiy Mahmudjon Safarboyev rahbarligida oʻzbek jang sanʼati sir-asrorlarini qunt bilan oʻrganayotgan oʻquvchilar ushbu sport turining koʻpgina elementlari Amir Temur bobomiz joriy etgan harbiy mashgʻulotdan joy olganligini yaxshi bilishadi. Bu ularga faxr bagʻishlaydi. Toʻgarak aʼzolari sportning ushbu turi boʻyicha nufuzli musobaqalarda, Oʻzbekiston chempionatlarida qoʻlga kiritayotgan salmoqli yutuqlar esa hammamizni quvontiradi. Yaqinda toʻgarakning mohir aʼzolaridan 5 nafari Qozogʻistonda oʻtkazilagan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun joʻnab ketishdi.

Tadbirda maktabda Sohibqiron bobomizning munosib avlodlari kamolga yetayotgani taʼkidlandi. Tadbir maktab badiiy havaskorlari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar bilan yakunlandi va barcha ishtirokchilarga ulkan maʼnaviy ruh baxsh etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026