YaNGILANAYoTGAN KONSTITUTsIYaDA FUQAROLARNING BEPUL TIBBIY YoRDAM OLIŞI KAFOLATLANGAN
Özbekiston xalqi juda muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon – yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilinadigan kun ostonasida turibdi. Uşbu hujjatda mamlakat fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari töla aks etgan, barça sohalarni taraqqiy ettiriş yöl-yöriqlari öz ifodasini topganligni aholi tomonidan haqli eʼtirof etilmoqda. Şunisi eʼtiborliki yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini işlab çiqişda keng jamoatçilik, siyosiy partiyalar, jamoat taşkilotlari, ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol iştirok etdi va Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda.
Bunday özgarişlar orasida bizning sohamizga oid bandlar ham borligi, ular aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş, ijtimoiy taʼminot miqdorini köpaytiriş közda tutilayotganligi şifokor sifatida meni juda quvontiradi. Yangi özgarişlar fuqarolarning turmuş darajasini yaxşilaş, soğliğini, mehnat filiş salohiyatini saqlagan holda jamiyatning heç bir aʼzosining eʼtibordan çetda qolmasligini taʼminlaydi.
Konstitutsiyaning 48-moddasi ikkinçi qismiga “Özbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olişga haqli”, degan norma kiritilayotgani – har bir fuqaroga davlat hisobidan bepul tarzda, kafolatli, sifatli tibbiy yordam oliş huquqini kafolatlaydi. Ixtisoslaşgan markazlarda bepul davolanadigan kasalliklar röyxati şakllantirilib, tibbiy yordam uçun yöllanma elektron navbat asosida berilayotganligi, eng muhimi – mablağlar şifoxonaga emas, balki aniq bemorga ajratilayotganligi bu inson omiliga eʼtibor va ğamxörlikning namunasidir.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oşmoqda, amaldagi 275 ta normasi 434 taga köpaymoqda. Va bu özgarişlar kelgusida mamlakatimiz aholisining emin-erkin, obod va farovon hayotini, barça sohalarning taraqqiyot yölini belgilab bermoqda.
Uşbu muhim hujjat Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qaroriga köra “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi referendumga qöyilmoqda.
Men barça tibbiyot xodimlarini, tumanimiz fuqarolarini 30-mart kuni ötkaziladigan umumxalq referendiumida faollik bilan iştirok etişga, özgarişlarni yakdillik bilan qöllab-quvvatlaşga çaqiraman.
Jumaboy YaVQAŞEV, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶