YoŞ KITOBXONLAR IŞTIROKIDAGI DAVRA SUHBATI MAROQLI VA QIZIQARLI ÖTDI
Bugun yurtimizda yoşlarni kitobxonlikka jalb etiş, mutolaa madaniyatini yuksaltiriş, kitoblar naşr qiliş davlat siyosati darajasida eʼtirof etilmoqda. Yaxşi kitoblarni naşr qildirayotgan ijodkorlar ham, köp kitob öqiyotgan kitobxonlar ham taqdirlanmoqda. Prezidentimizning bu boradagi tegişli Qaror va Farmonlari sohadagi amaliy işlarga muhim asos bölib, kitobxonlar safi ortişiga xizmat qilmoqda.
Amudaryo televideniyesining Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadidagi tadbirlar taşkil etilib borilmoqda.
Loyiha doirasida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, kitobxon yoşlarni tengdoşlariga örnak qilib körsatiş, boşqalarni ham kitob öqişga daʼvat qiliş maqsadida 36-sonli maktabning kitobxon yoşlari bilan davra suhbati ötkazildi.
Maktab kutubxonasida ötkazilgan mazkur tadbirda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Umida Jumaniyozova, kutubxona mudirasi Nazokat Saʼdullayeva hamda kitobxon yoşlar qatnaşişdi.
Suhbat davomida ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Umida Jumaniyozova yoşlarga dunyoda kitobdan qimmatbaho narsa yöqligini, u asosiy tarbiyalovçi vosita ekanini aytib ötdi. Kitoblar ilmu-maʼrifat, ziyo tarqatuvçi vositaligini, har kuni kitob öqigan insonlar uning ziyosidan bahra olib yaşaşini, maʼnaviy ozuqaga ega bölişini taʼkidladi.
Darhaqiqat, inson yoşlikdan kitoblarni öqiş asnosida tarbiya oladi, hayot taʼlimini egallaydi, öziga kerakli bölgan kasbga mehr qöyib, örganişga harakat qiladi va yölini topadi. Ezgulikni yomonlikdan, yaxşilikni yovuzlikdan ajratişni bilib oladi. Kiçikligidan ertaklar tinglab, keyinçalik ularni va boşqa kitoblarni öqişga odatlangan bola yomonlikni yaxşilik bilan yengiş mumkinligini, har doim aqlu-zakovat bilan iş tutiş kerakligini tuşunib yetadi.
36-sonli maktab kutubxonasidagi kitoblarning 12000 tasini darsliklar, 700 taga yaqini turli xildagi badiiy adabiyotlar, 66 tasini siyosiy kitoblar taşkil qiladi. Undan taşqari, 10 turli davriy gazeta va jurnallar taxlamlari ham mavjud. Kutubxonaga öqituvçilardan taşqari 796 nafar öquvçi aʼzolikka qabul qilingan. Ularning kutubxonada mutolaa qilişlari uçun ham şaroitlar yaratilgan. Şu sababli yoşlar darslardan böş paytlarida kutubxonaga taşrif tez-tez taşrif buyurib, özbek va çet el adiblarining asarlarini qiziqiş bilan mutolaa qilişadi va böş vaqtlarini mazmunli ötkazişadi.
Davra suhbati davomida yoş kitobxonlar özlari öqigan asarlar, ulardagi qahramonlar va voqealar bayoni haqida sözlaşişdi. Kitob javonining töridan joy olgan sevimli kitoblari va boşqa asarlar töğrisida bir-birlari bilan fikr almaşişdi, öz mulohazalarini bildirişdi. Birining öqigan kitobiga boşqasining qiziqişi oşib, öqişni maqsad qilib qöygan kitoblarining sonini yanada köpaytirişdi. Ular porloq kelajak ilm bilan yaratilişini, kitoblar yorqin hayotga boşlab borişini, işonçli hamroh va yaqin döst ekanligini eʼtirof etişdi. Kitobxonlar bilan dildan ötkazilgan uşbu suhbat esda qolarli, juda maroqli böldi.
Yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini ommalaştiriş, ularning badiiy savodxonligini yanada oşiriş va mutolaa muhitini şakllantirişda bunday tadbirlarning ahamiyati juda katta. Kitob qalb çiroği, tafakkur qanoti, insonning eng yaqin dösti, maslahatçisidir. Yuksak tafakkur manbai bölgani uçun ham xalqimiz orasida kitoblar juda qadrli sanaladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶