“Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” loyihasi doirasida “Baday töqay” qöriqxonasiga maroqli sayohat uyuştirildi
Tabiatni muhofaza qiliş, ekologik vaziyatni barqaror saqlaş, bu boradagi inqirozlarning oldini oliş bugungi kunda dunyo miqyosidagi ulkan ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy muammoga aylangan. Mamlakatimizda ham ekologiya bilan boğliq muammolarni tizimli ravişda hal etiş, ayniqsa, bu borada yoşlarning ekologik savodxonligi va madaniyatini oşiriş, tabiat, atrof-muhitga muhabbat bilan qaraşga örgatiş maqsadida tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazilib, bu kabi tadbirlarga barça yoş toifasidagi fuqarolar, ayniqsa, umumtaʼlim maktablarining öquvçi-yoşlari keng qamrab olinmoqda.
Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvçi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” nomli grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlarida ham tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabida taşkil etilgan “Yoş ekolog” tögaragi aʼzolari faol iştirok etişmoqda. Mazkur tögarak aʼzolari loyiha koordinatorlari bilan birgalikda hududlarni obodonlaştiriş, “Yaşil makon” umummilliy harakati doirasida “Oila boği”ni yaratiş kabi tadbirlarda faollik körsatişmoqda.
Joriy yilning 20-dekabr sanasida “Ekologik madaniyat — soğlom kelajak asosi” loyihasi doirasida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yoş ekolog” tögaragi aʼzolari iştirokida Beruniy tumanidagi “Baday töqay” qöriqxonasiga uyuştirilgan sayohat ham ösib kelayotgan yoş avlod ongida tabiatga muhabbat tuyğusini mustahkamlaşga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega böldi.
Sayohat avvalida öquvçi-yoşlar Amudaryo biosfera rezervati tarkibidagi “Baday töqay” qöriqxonasi faoliyati, mazkur qöriqxonaning fauna va florasi, tabiiy boyligi haqida hikoya qiluvçi “Baday töqay qöriqxonasi” muzeyi bilan yaqindan tanişdilar. Muzey masʼullari tomonidan töqayzor hududida ösuvçi dov-daraxtlar, hayvonot dunyosi töğrisida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi. Şuningdek, yoş ekologlarga qöriqxona hududiga yilning tört faslida uçib keluvçi quşlar va ularning turlari, Buxoro xonguli va sayğoqlarni köpaytiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar böyiça batafsil maʼlumotlar taqdim etilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar ham berildi.
Şundan söng yoş ekologlar “Barkamol avlod” bolalar maktabining turizm va ekologiya yönalişi böyiça uslubçisi Xolida Yöldoşboyeva, “Yoş ekolog” tögaragi rahbari Matluba Allaberganova hamda loyiha koordinatorlari hamrohligida “Baday töqay” qöriqxonasi böylab, tabiat bağriga maroqli sayohat ötkazildi. Sayohat jarayonida öquvçi-yoşlar qöriqxonaning noyob ösimliklar dunyosi, musaffo, gözal va betakror tabiatidan bahra oldilar.
Yoşlar ongida ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyğularini mustahkamlaş, ularni tabiatni nafaqat sevişga, balki atrofimizni örab turgan tabiiy yaşil olamni asrab-avaylaş, bu betakror gözallikni yanada boyitiş borasida öz şaxsiy hissalarini qöşişga daʼvat etiş maqsadida taşkillaştirilgan mazkur sayohat iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶