12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:39
Adabiyot 👁 517

AHMAD NAFAS – EL SEVGAN IJODKOR

AHMAD NAFAS – EL SEVGAN IJODKOR

Ijodkor insonning qalbi his-tuyğularga töla böladi. Qanday yoşda bölmasin, könglida beğuborlik, dilida jöşqinlik, yuragida otaşin muhabbat mavj uradi, hayotga, uning gözalliklariga mehri va zavqi oşadi. Gupirayotgan hayajonlari, ajib tuyğularini nazmga yoki nasrga aylantirib, boşqalarning ham qalbiga yetib boradigan, örnaşadigan tarzda ifodalaydi.

Ana şunday xislatlarga ega bölgan sermahsul ijodkor, amudaryolik şoir Ahmad Nafasni Qoraqalpoğistondagina emas, balki qöşni Xorazm viloyatida ham yaxşi tanişadi. Uning qalamiga mansub davriy matbuotda çop etilgan köplab şeʼrlari şeʼriyat şinavandalarining mehrini qozondi. Taniqli salomçi Tursunboy Abdullayev töğrisidagi “Salomçi – mening unvonim” nomli ilk kitobi, keyingi “Keldim dovonlar oşib” nomli şeʼr-u ğazallar, xotiralar va hangomalardan iborat töplami esa kitobxonlar javonining töridan joy oldi. Ahmad Nafas uşbu ijod mahsullari bilan keng qamrovli ijodkor sifatida elga yanada yaqinroq tanildi, har bir ijod namunasi muxlislarining köngil mulkiga aylandi.

Özbekiston va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, xorazmlik şoir Oşiq Erkin Madrahimov eʼtirof etganidek, uning şeʼrlaridagi his-hayajonlar qalblarga köçadi, yurt ravnaqidan ğurur tuyğulari har kimni tölqinlantiradi, ğazallari, muxammaslari, mustahzod va masnaviylarida qöllanilgan taşbehlardan esa ijodkorning bilimli va mahoratli ekanligini anglaş mumkin. Özi tuğilgan qişloği haqidagi, biri-biridan ajoyib “Qizilçoli hangomalari”da ham uning qalbida keçayotgan bolalikni qömsaş, salbiy illatlarga isyonkorlik, asl qadriyatlarga hurmat tuyğulari, samimiylikni qadrlaşi yaqqol körinadi.

Ahmadjon Nafasov 1954-yilda Amudaryo tumanidagi Qizilçoli qişloğida tavallud topgan. Otasi Nafas Jamğurov öqituvçi bölgani uçun uni bolalikdan kitob öqişga, ilmga qiziqtirdi. Köproq şeʼr va hikoyalar, keyinroq katta asarlar öqişga qiziqib, adabiyotga mehr qöydi.

Maktabni tugatganidan söng, 1971-72-yillarda “Özbekiston” xöjaligida işçi bölib işladi. 1973-75-yillarda esa armiya safida xizmat qildi. Nihoyat 1975-yilda eng katta orzusiga erişib, Toşkent davlat universiteti, hozirgi Milliy universtitetning filologiya fakulteti talabasi böldi.

U talabalik yillarida maşhur özbek mumtoz va çet el adiblarining katta-katta asarlarini öqidi, şeʼriyatni sevdi, özi ham ijodga qöl ura boşladi. Dunyoqaraşi kengayib, tafakkuri boyigan Ahmadjon Nafasov öqişni tugatganidan söng, ovulidagi 9-sonli maktabga öqituvçi bölib işga joylaşdi va bolalarni ham adabiyot olamiga olib kira boşladi. U özi bilan hammaslak adabiyot öqituvçisi Tursunboy Abdullayevdan köp tajriba örgandi. U tufayli sanʼatga ham qiziqişi ortdi, katta davralarda elga taniqli sanʼatkorlar bilan uçraşib, ular bilan hamsuhbat bölib, maʼanaviy dunyosini yanada boyitdi.

Maktabdagi faoliyati davomida köplab yoşlarning adabiyotga, kitobxonlikka bölgan qizqişlarini oşirdi. Uning köplab şogirdlari ayni paytda jamiyatga nafi tegadigan insonlar bölib yetişib, turli sohalarda xizmat qilişmoqda. Uşbu xizmatlari uçun “Özbekiston Xalq maorifi aʼloçisi” va “Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.

Taʼlim sohasida samarali faoliyat körsatgan Ahmadjon Nafasov 2009-yilda pensiyaga çiqdi. Ammo u bilan şu töxtab qolmasdan özini ijodga bağişladi. Turli mavzularda biri-biridan maʼnoli şeʼrlar yozdi, ğazallar yaratdi, sanʼatkorlar hayotiga oid turkum publitsistikalar ustida işladi. Matbuotda çop etilgan şeʼrlarini sanʼatkorlar kuyga solib, qöşiq qilib kuyladi. Hangomalari oğizdan-oğizga, eldan-elga köçdi. Ayniqsa, “Ilon va egov”, “Tulki va maymun”, “Ötinçi va ajal”, “Uloqça va böri” kabi masal tarzidagi şeʼrlaridagi nasihatomuz fikrlari elga juda manzur böldi. “Mustaqillik qasidasi”, “Istiqlol madhiyasi” şeʼrlari esa xonandalar ijrosida qöşiq bölib har bir xonadonga kirib bordi.

Ijodga bölgan qiziqiş uni şu paytlarda iş boşlaganiga hali köp bölmagan, tumandagi Amudaryo telekanaliga boşlab keldi. Özining muallifligida “Nazm va navo” körsatuvini taşkil etib, mumtoz yönalişdagi sanʼatkorlarni, ular ijrosidagi milliy mumtoz qöşiqlarni efirga olib çiqa boşladi. Köplab muxlislarga ega bölgan uşbu körsatuv davomida kuyga solingan ğazallarni şarhlaşga, tomoşabinlarga mazmun-mohiyatini yetkazib berişga harakat qildi. U tahririyatga yoş ijodkorlarning ijod namunalarini ham olib kelar, ularni qöllab-quvvatlar, yana ijod qilişga undar edi.

Şunday kunlarning birida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati qoşida yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Jayhun ilhomlari” Nodavlat notijorat taşkiloti taşkil etildi va unga raislik qiliş Ahmadjon akaga topşirildi. U 2015-yildan uşbu yangi taşkilot raisi bölib işlay boşladi va qisqa davrdagi faoliyati davomida yangi-yangi ijodkorlarni kaşf qildi. Yoşlarning ijod namunalarini töplam şaklida çop etilişiga, mualliflik kitoblarini naşrga tayyorlaşga kömaklaşdi. Şu yillar içida önlab yoş ijodkorlarning mualliflik kitoblari naşrga tayyorlanişiga yordam berdi. Tahririyat ijodiy xodimlari bilan hamfikr, maslakdoş bölgan holda kitobxonlik, şeʼriyat keçalari, taniqli şoir va yozuvçilar bilan uçraşuvlar taşkil etib, yoşlarning maʼnaviy dunyosini, tafakkurini boyitişga hissa qöşdi.

Ahmadjon aka umr yöldoşi Poşşa opa bilan 3 öğil, 2 qizni odobli, hunarli, özlariga munosib farzandlar qilib voyaga yetkazişdi. Hozirgi kunda öğillari tadbirkor, fermer xöjalik işçisi bölib, oilasiga ham, jamiyatga ham, eliga ham naf keltirişmoqda. Qizlar esa namunali oilalarning qöli gul bekalari, öz rözğorlarining kamu-köstini töldirişda yaqin yordamçi bölib, farzandlar tarbiya qilişmoqda.

Elda taniqli şoir, ijodkor Ahmadjon Nafasov hozirgi kunda ham 2-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi vazifasida işlab, yoşlarning iqtidorlarini rivojlantiriş, yuzaga çiqarişga kömaklaşiş borasidagi işlarga hissa qöşib kelmoqda. Maktabda “Yoş ijodkorlar” tögaragini taşkil etib, unga maktabdagi turli yoşda bölgan ijodga qiziquvçi yoşlarni jamlagan. Maşğulotlar davomida yoş ijodkorlarga adabiyot, turli davrlardagi adiblar hayoti va ijodi, şeʼr yozişdagi ölçovlar haqida tuşunçalar beradi. Kitobxonlikka daʼvat etib, mahoratli şoir va yozuvçilarning sara asarlari haqida sözlab beradi, asarlardan parçalarni birgalikda öqiydi. Ijodiy maşqlarini tekşirib, kamçiliklarini tuzatişga örgatadi, ularni yanada köproq, turli mavzularda şeʼr va hikoyalar yozişga rağbatlantirib boradi.

Hayotining mazmunini ijod deb bilgan bu insonni haqiqiy maʼnaviyat tarğibotçisi deyiş mumkin. Uning maʼnaviy dunyosidan nafaqat yoşlar, balki butun el bahra olib kelmoqda. Zero, mana şunday ziyokorlar bor ekan, maʼnan boy, teran fikrli, yetuk va komil insonlar ulğayib, yurtni nurafşon kelajak sari boşlaydi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026