12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:28
Qişloq xöjaligi 👁 345

NAMUNALI TOMORQA YeR EGALARI TAJRIBASI OMMALAŞTIRILMOQDA

NAMUNALI TOMORQA YeR EGALARI TAJRIBASI OMMALAŞTIRILMOQDA

Mamlakatimizda tomorqa xöjaligini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sönggi yillarda içki bozorni sarxil meva-sabzavotlar, poliz mahsulotlari bilan taʼminlaş yaxşilanib, ayni damda ilğor tomorqa yer egalari özlari yetiştirgan mahsulotlari bilan qöşni viloyatlar va tumanlar bozor rastalarini ham töldirişmoqda. Hatto işning közini biladigan tadbirkor tomorqaçilar yilning törtta faslida ham turli xil sabzavotlar, tsitrus mevalar yetiştirib, el-yurt farovonligiga munosib hissalarini qöşmoqdalar.

Amudaryo tumanida ham bu borada samarali işlar amalga oşirilib, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi yetakçi mutaxassislari tomonidan eng çekka hududlardagi tomorqa yer egalariga nazariy va amaliy yordam körsatib kelinmoqda. Xususan, tomorqa yer egalariga yerdan unumli foydalanişlari uçun ularni sifatli uruğliklar, öğit va köçatlar bilan taʼminlaş, tajribali tomorqaçilar faoliyatini keng ommalaştiriş, pişiqçilik mavsumida yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğiştirib olib, içki va taşqi bozorga yönaltiriş böyiça amaliy yordam va maslahatlar berilib kelinmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tumanidagi mavjud tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalaniş maqsadida Fermerlar, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi tomonidan 2023 dehqonçilik yili uçun aniq va puxta reja işlab çiqilib, har bir qariç yerdan unumli foydalanişga qaratilgan çora-tadbirlar asosida iş olib borilmoqda. Unga köra, joriy 2023-yilda tumandagi mavjud 5807 gektar tomorqa yer maydonlari xatlovdan ötkazilib, hududlar böyiça uşbu yer maydonlarining şaroitlari mutaxassislar tomonidan puxta örganib çiqildi va bahorgi ekiş işlari rejalaştirildi. Rejaga muvofiq 2731 gektar yerga turli xil sabzavot, 758 gektar tomorqa yerlariga poliz, 869 gektar yerga kartoşka, 422 gektar dukkakli, 160 gektar moyli va 865 gektar boşqa zarur ekinlar ekiş belgilandi.

Ayniqsa, aholi tomorqasidan samarali foydalaniş, yil davomida kamida 2-3-marta hosil oliş, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmini kamida 1,5 baravar köpaytiriş maqsadida Fermerlar, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi mutaxassislari tomonidan amalga oşirilayotgan nazariy va amaliy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xolimbeg ovulida Kengaş tomonidan taşkil etilgan, yer bilan tillaşib, öz oilasi va el-yurt farovonligiga munosib hissasini qöşayotgan ilğor, namunali tomorqa yer egalari tajribalarini ommalaştirişga bağişlangan tajriba almaşuv seminari iştirokçilari buning yaqqol guvohi böldilar. Tajriba almaşuv seminari Xolimbeg ovulidagi namunali tomorqasi Erkinboy Qöşayevning xöjaligida ötkazildi.

“Namunali tomorqaçi” kökrak nişoni sohibi Erkinboy Qöşayev asosiy tomorqa yeridan yil davomida 2-3-marta hosil yiğib oladi. Daromadi ham şunga yaraşa. Tomorqa yer atrofida saf tortgan mevali daraxtlar, uzum toklari, çorva-yu parrandasining barakasidan uy-joyini zamonaviy qiyofaga keltirdi, farzandlarini öqitdi, yangi avtomobil egasi böldi. Muhimi, butun oila aʼzolarining doimiy iş bilan bandligi taʼminlandi.

Fermerlar, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi mutaxassislari, Xolimbeg ovuliga biriktirilgan hokim yordamçisi va malakali agronomlar va tomorqa yer egalari iştirok etgan mazkur tajriba almaşuv seminarida Erkinboy Qöşayevning 1 sotixli limonçilik issiqxonasida amalga oşirilayotgan ziroatçilik tajribasi ommalaştirildi. Xususan, qahraton qiş oylarida uşbu tsitrus meva nihollarini parvarişlaş, issiqxonada möʼtadil iqlim şaroitini yaratiş, sarxil limon mevalarini yetiştiriş böyiça Erkinboy Qöşayevning tajribasini tumanning boşqa hududlaridagi tomorqaçilar faoliyatiga keng joriy etiş böyiça çora-tadbirlar ham belgilandi.

Şuningdek, tajriba almaşuv seminari davomida iştirokçilar ovul hududidagi “Xudoyberganov Feruz” tomorqa xöjaligini ham borib kördilar. 3 sotixli issiqxonasida sabzavot va poliz ekinlarining köçatlarini yetiştirayotgan Feruz Xudoyberganov öz tajribasini ovuldagi boşqa tomorqaçilarga ham örgatib kelmoqda. Namunali tomorqaçi özi erişayotgan yutuqlarning barçasi oilaviy birdamlik, mehnatni töğri taşkil etişda ekanligini, ayni paytda qişloqdoşlariga öz tajribalarini örgatayotgani, yerdan unumli foydalaniş insonning jamiki ezgu niyatlarini amalga oşirişida muhim ahamiyat kasb etişi haqida tajriba almaşuv seminari iştirokçilariga batafsil maʼlumot berdi.

Bölib ötgan tajriba almaşuv seminarida “Tomorqa – koni foyda”, degan xalq eʼtirofi joylarda öz ifodasini topib, xalqimizning yerga munosabati, mulkka egalik tuyğusi tobora mustahkamlanib borayotgani amalda namoyon böldi.

Robiy YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026