KIÇIK SPORTÇI SUHROBBEK STOL TENNIS MUSOBAQASIDA FAXRLI ÖRIN ĞOLIBI BÖLDI
Stol tennisi ommaviy sport turlaridan biri bölib, kattalar va yoşlarning sevmili maşğulotlaridan biri hisoblanadi. Uşbu sport turi inson soğligini mustahkamlaşga xizmat qiliş bilan birga çaqqonlik, köz bilan ölçaş, tezkor öylaş xislatlarini ham rivojlantiradi.
Şu yili 15-fevral kuni Beruniy tumanidagi Sport maktabida sportning stol tennis turidan «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»ga bağişlab, 2005-2014-yillar oraliğida tuğilgan öğil bolalar va qizlar örtasida oçiq birinçilik musobaqalari bölib ötdi. Musobaqada tumanimizdan kiçik yoşli sportçi, 36-sonli maktabning aʼloçi va namunali öquvçisi Suhrobbek Ibodullayev ham iştirok etdi. Stol tennis sporti bilan kiçikligidan şuğullanib kelayotgan Suhrobbek tuman Sport maktabida ustozi trener Hamida Rajabova, Fozilbek Eşçonovlardan örgangan mahoratini sinovdan ötkazdi.
Qiziqarli va kötarinki ruhda ötgan bellaşuvda tengdoşlari bilan kuç sinaşgan kiçik sportçi maşğulotlarda çiniqqanini körsatib, faxrli 3-örinni qölga kiritişga erişdi.
Biz maktabimizdan yetişib çiqayotgan ana şunday iqtidorli yoşlarimiz bilan faxrlanamiz.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶