Kiçik sanoat zonasidagi istiqbolli loyihalar: Amudaryo sanoatining yangi drayverlari
Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, kiçik sanoat zonalari faoliyatini jadallaştiriş va şu orqali hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Amudaryo tumanida ham mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaşga asoslangan, eksportbop va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqaruvçi korxonalar soni ortib bormoqda. Amudaryo tumani prokurori Bahram Maşaripov hamda tuman hokimi örinbosari, investitsiya va taşqi savdo bölimi boşliği Hamza Haytimbetovlar tumanning Navoiy mahallasi hududida joylaşgan kiçik sanoat zonasida bölib, u yerda amalga oşirilayotgan yirik loyihalar, tadbirkorlarning muammo va takliflari bilan yaqindan tanişdilar.
Örganişlar davomida dastlabki manzil “OYBEK MEBEL” masʼuliyati çeklangan jamiyati böldi. Mazkur korxona faoliyati kiçik biznesning qanday qilib bosqiçma-bosqiç rivojlanib, yirik işlab çiqaruvçiga aylanişi mumkinligiga yorqin misoldir. Korxona dastlab 2021-yilda umumiy qiymati 400 million söm bölgan loyiha doirasida, bank kreditlarisiz, töliq öz mablağlari hisobiga eşik va yumşoq mebellar işlab çiqarişni yölga qöygan edi. Öşa vaqtda 6 ta iş örni yaratilgan bölsa, bugungi kunga kelib korxona öz işlab çiqariş salohiyatini sezilarli darajada kengaytirişga erişdi. Hozirda korxona nafaqat standart mahsulotlar, balki aholi va taşkilotlarning buyurtmasi asosida barça turdagi zamonaviy mebel jihozlarini yuqori sifatda tayyorlab kelmoqda. Işlab çiqariş hajmining ortişi natijasida iş örinlari soni 10 tadan oşirilib, mahalliy yoşlarning bandligini taʼminlaşga munosib hissa qöşilmoqda.
Sanoat zonasidagi yana bir eʼtiborga molik loyiha — “AMU METAL KOVKA ART” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyatidir. Bu korxona tarixi haqiqiy ustoz-şogird anʼanalariga va oilaviy tadbirkorlik qadriyatlariga asoslanadi. Amudaryolik tadbirkor Jasur Bobojonov öz mehnat faoliyatini otasining yonida, kiçik ustaxonada oddiy işçi sifatida boşlagan edi. Tinimsiz izlaniş va tajriba orttiriş natijasida bugun u yirik korxona rahbariga aylandi. Ayni paytda korxonada butun hududga maşhur bölgan “Amu teplo” brendi ostida isitiş qozonlari işlab çiqarilmoqda. Uşbu qozonlarning afzalligi — energiya tejamkorligi va yuqori samaradorligidadir. Masalan, birgina xonadon yoki issiqxonani qişning sovuq kunlarida bir keça-kunduz davomida isitiş uçun atigi 30–50 kilogramm kömir sarflanişi aholi uçun juda katta iqtisodiy foyda demakdir.
Bundan taşqari, korxonada temir eşik va darvozalar, şuningdek, milliy va zamonaviy uslubdagi metall dekorativ buyumlar ham tayyorlanmoqda. Bu jarayonlarga 10 nafar doimiy işçi jalb qilingan bölib, mavsumiy işlar paytida qöşimça xodimlar va hunar örganiş iştiyoqidagi yoş şogirdlar bilan bandlik qamrovi yanada kengayadi.
Jasur Bobojonov öz biznesini kengaytiriş maqsadida Kiçik sanoat zonasida ajratib berilgan bino-inşootlarni garov taʼminoti sifatida qöyib, imtiyozli kredit mablağlarini jalb qildi va işlab çiqarişni modernizatsiya qildi.
Sanoat zonasining eksport salohiyatini oşirişda esa “AL-KAFIL BIZNES PLAST” masʼuliyati çeklangan jamiyatining örni alohida. Tadbirkor Allabergan Ernazarov rahbarlik qilayotgan uşbu korxona mahsulotlari geografiyasi bugungi kunda nafaqat Amudaryo tumani yoki Qoraqalpoğiston Respublikasi, balki Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toşkent viloyatlarini ham qamrab olgan. Korxonada bugungi kunda 15 nafarga yaqin işsiz fuqaro doimiy daromad manbaiga ega. Öz faoliyatini 2019-yilda Xalq banki tomonidan ajratilgan 37 ming AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy dastgohlar olib keliş bilan boşlagan tadbirkor qisqa vaqt içida katta natijalarga erişdi.
Ayni paytda jamiyatga qaraşli tsexda aholining kundalik ehtiyoji uçun zarur bölgan 10 dan ortiq turdagi, har xil hajm va şakldagi sifatli xöjalik plastmassa buyumlari işlab çiqarilmoqda. Işlab çiqarişni töxtovsiz rivojlantiriş maqsadida tadbirkor 2025-yilda Xitoy davlatidan qöşimça 100 ming AQŞ dollarlik yuqori texnologik asbob-uskunalarni olib kelib örnatdi. Bu esa mahsulot tannarxini arzonlaştiriş va sifatini oşiriş imkonini berdi. Korxonaning kelajak rejalari ham ulkan bölib, 2026-yilda yana qöşimça 60 ming AQŞ dollarlik yangi liniyalarni işga tuşiriş közda tutilgan.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Amudaryo tumanining Navoiy mahallasi hududidagi kiçik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan bu kabi korxonalar tuman iqtisodiyotining lokomotiviga aylanib, aholi farovonligini oşiriş hamda import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişda muhim rol öynamoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶