14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:23
Fan va taʼlim 👁 329

BUYuK AJDODLARIMIZ TAVALLUDIGA BAGʻIShLAB “IKKI BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN ADABIY KEChA OʻTKAZILDI

BUYuK AJDODLARIMIZ TAVALLUDIGA BAGʻIShLAB “IKKI BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN ADABIY KEChA OʻTKAZILDI

Yurtimiz boʻylab Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kuniga 582-yil, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540-yil toʻlishi munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazildi. Shu munosabat bilan Amudaryo tumanidagi 14-sonli maktabda ham “Ikki buyuk siymo” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

14-fevral kuni maktab zalida boʻlib oʻtgan mazkur tadbir munosabati bilan sahna bayramona bezatildi. Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning suratlari, shoirning ruboiy va hikmatli soʻzlari, hadislaridan namunalar yozilgan plakatlar osib qoʻyildi. Rang-barang gullar, sharlar sahnaga yanada fayz kiritdi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Sadoqat Davletova, Dilnora Saparboyeva, tarix fani oʻqituvchisi Mahbuba Qoʻchqorovalar tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Jasur Sidabullayev ochib berdi.

Taʼkidlash joizki, 14-sonli maktabda oʻzbek, qoraqalpoq va qozoq millatiga mansub oʻqituvchi va oʻquvchilar ahil-inoqlikda faoliyat olib borishadi. Shu oʻrinda oʻquvchilari fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelayotgan jonkuyar ustozlardan Mayra Umirbayeva hamda Rafael Sultonovlarni alohida eʼtirof etish joiz. Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sadoqat Bozorboyeva, 9-sinf oʻquvchisi Shahnoza Jiyanovalar “Oʻzbek tilim iftixorim” mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Tadbirda sahnaga chiqqan boshlovchilar ulugʻ bobokalonlar hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumotlar berishdi. Alisher Navoiyning goʻdaklik chogʻida oʻtkazilgan ism qoʻyish marosimi maktabning 11-sinf oʻquvchilari tomonidan kichik sahna koʻrinishi orqali namoyish etildi. Sahnada oʻquvchilar saroy beklaridan Gʻiyosiddin Bahodir, mavlono Lutfiy, Jomiy, Dehlaviy va Ganjaviylar obrazlarini mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar koʻz oʻngida ulugʻ ajdodlarimiz siymolarini gavdalantirishga harakat qildilar.

Shundan soʻng, 8-sinf oʻquvchilari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti davomida amalga oshirgan ezgu ishlari, yaratgan bebaho asarlari haqida maʼlumotlar berishdi. Ulugʻ ajdodlarimiz ruboyilaridan namunalarni 9-sinf oʻquvchilari ifodali yod aytib berishdi. Tadbir davomida maktabning 6-sinf oʻquvchilari ijrosidagi oʻzbek milliy raqslari ham namoyish etildi.

Tadbir davomida yurtimizning bir qator ilm maskanlari, diqqatga sazovor joylari bobokalonlarimiz nomi bilan atalayotgani, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomli Respublika Milliy kutubxonasi, shoir nomi bilan ataluvchi Respublika Milliy bogʻi, Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universiteti, Alisher Navoiy nomli Davlat akademik opera va balet teatri, Alisher Navoiy nomidagi metro bekati borligi, iqtidorli talabalar uchun Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilgani ham faxru-iftixor bilan tilga olib oʻtildi.

Buyuk allomalarga boʻlgan ehtiromning bir koʻrinishi sifatida tashkil etilgan adabiy kechada maktabning “Yosh tilshunos” va “Yosh tarixchi” toʻgaragi aʼzolari ham faol ishtirok etishdi.

Dilfuza Gaipova, 14-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019