Vatan himoyaçilari bayrami
Qaysiki davlatning mudofaasi mustahkam bölsa, şu yurtda tinçlik va osoyiştalik hukm suradi. Farovonlik va taraqqiyotning asosi – tinçlikdir. Bu – neça ming yillar davomida öz isbotini topgan tarixiy haqiqat. Ana şu haqiqatni çuqur anglagan va umri davomida şunga amal qilib yaşagan buyuk bobokalonimiz Amir Temur davlatni davlat darajasiga kötariş uçun avvalo, askarlar va harbiy sohaga katta eʼtibor qaratgan. Sarhadlari xavfsizligini taʼminlab, içki nizolarni bartaraf qilgan. Natijada temuriylar davlatida ilm va fan rivojlanib, saltanat bunyodkorlik va taraqqiyot sari yuz tutgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan ilk davrlaridanoq muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov boşçiligida harbiy sohada keng kölamli islohotlar amalga oşirilib, bugun bu islohotlar özining yuksak natijalari bermoqda.
14 yanvar kuni tuman markaziy madaniyat uyida Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi. Yiğilişga tumanimizdagi "Ayoqçi” va "Manğit” çegara postlari maʼmuriyati hamda mazkur muassasalarda xizmat burçini namunali ötayotgan askar yigitlar, tuman hokimligi, prokuraturasi, mudofaa va içki işlar bölimlari masʼullari, fuqarolar yiğinlari raislari, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari va öquvçilari hamda keng jamoatçilik vakillari qatnaşdilar.
Tadbirni
tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oçdi va
olib bordi. Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari
yangradi. Tabrik uçun söz tuman hokimi Rajabboy Yöldoşevga berildi.
Qayd etilganidek,
boşqa sohalarda bölgani kabi mustaqilligimizning ilk yillaridanoq milliy armiyani
yaratiş va takomillaştirişga jiddiy eʼtibor qaratildi. Ötgan qisqa vaqt
mobaynida yurtimizda davr talabi hamda jahon andozalariga javob beradigan
Qurolli Kuçlarni barpo etiş yölida keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Özbekiston
Respublikasi Oliy Kengaşining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan mustaqil
Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan barça harbiy tuzilmalar davlatimiz
yurisdiktsiyasiga, yaʼni böysinuviga ötkazildi. Özbekiston Qurolli Kuçlarining
mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini himoya qiliş, xalqimizning
farovon hayotini taʼminlaşdagi ahamiyati inobatga olingan holda, 14-yanvar –
Vatan himoyaçilari kuni, deb belgilandi. Bu yil Vatan himoyaçilari kuni
mamlakatimizda "Vatan – uluğ, burçim muqaddas!” şiori ostida nişonlanmoqda. Tumanimiz
hokimi tabrik nutqidan keyin "Ayoqçi” va "Manğit” çegara postlari maʼmuriyatiga
hamda sana munosabati bilan ötkazilgan özaro sport musobaqalarida ğolib bölgan örta
maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari rahbariyatiga esdalik sovğalarini
topşirdi.
Sözga çiqqanlar – tuman mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Faxriddin Musulmonov, 31-sonli maktab öqituvçisi Salomat Xolimbetova, oddiy askar Habibulla Töxtamurotovlar Milliy Armiyamiz va uning safida xizmat qilayotgan istiqlolimiz qalqonlarining şarofati bilan yurtimizda tinçlik va osoyiştalik hukm surayotganini, Vatan himoyasi har bir inson uçun şarafli burç ekanini taʼkidlab ötdilar.
Darhaqiqat,
mamlakatimizda bu kunni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nişonlaş
öziga xos anʼanaga aylanib borayotganligi bejiz emas. Zero, Sizu — bizning
bugungidek tinç, xotirjam hayotimiz Qurolli kuçlarimiz tomonidan işonçli tarzda
himoya qilinayotgan ekan, ularni har qança şaraflasak, yigitlik burçni
sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bölayotgan
öğlonlarimizni har qança eʼzozlasak, kökka kötarsak, arziydi. Tadbir davomida askarlarga
homiy taşkilotlarning sovğalari topşirildi hamda tuman madaniyat va sport işlari
bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş qilindi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶