SAYYoR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan çaqiriq turmuşimizning barça sohalarida ham öz ifodasini topmoqda, barça davlat idoralari xalqimizning oğirini yengil qilişga baholi qudrat hissa qöşayotir.
Ayniqsa Prezidentning “Aholi muammolari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga muvofiq aholi va davlat organlari örtasida oçiq muloqot yölga qöyilib, dolzarb muammolar tilga olinmoqda va bu muammolar ijobiy hal etilmoqda.
12-yanvar kuni Manğit şahrining Farovon mahallasida 2-sektor masʼullari tomonidan ötkazilgan sayyor qabulda ham mahalla aholisi turmuşidagi köpgina muammolar joyida yeçildi.
Sayyor qabulda tuman prokurori katta yordamçisi Abbos Niyazimbetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi xodimlari, Farovon mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, faollari va bir guruh yoşlar iştirok etdilar.
Sayyor qabulda dastlab iştirokçilarga hukumatimizning aholi turmuşi farovonligini, sifatini oşiriş borasida olib borayotgan işlar, bu borada qabul qilinayotgan qarorlar haqida qisqaça tuşuntiriş berildi.
2-sektor hududiga kiruvçi uşbu mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, aholiga munosib turmuş şaroiti yaratiş, yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş sektor masʼullarining doimiy eʼtiborida ekanligi taʼkidlandi.
Şundan söng aholi murojaatlari tinglandi. Fuqarolardan 1 nafari harbiy safarbarlik çaqiruvi rezervida xizmat qiliş badalini qoplab beriş, 1 nafari zamonaviy kasb egallaşi uçun öquv kursi xarajatlarini, 4 nafari oliygoh tölov şartnoma pullarini tölab beriş, 2 nafari davolanişi uçun moddiy yordam berişni sörab murojaat qildilar.
Şuningdek sayyor qabulda iştirok etgan bir fuqaro sartaroşlik yönalişida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun subsidiya asosida asbob-uskuna, jihozlar olib berişda yordam söradi. Aholidan 3-Yakkatut köçasiga oqar suv kelişini yaxşilaşda, Vatanparvar köçasiga yangi transformator örnatişda yordam berişni hamda “Ayollar daftari”ga kiritişni söragan murojaatlar ham böldi.
Uşbu murojaatlarning ayrimlari sektor masʼullari tomonidan ijobiy hal etildi, ayrimlariga aniq va batafsil tuşuntirişlar berildi, ayrimlari yuzasidan tegişli masʼul xodimlarga topşiriqlar berilib, ijrosi uçun muddat belgilandi.
Sayyor qabulga taşrif buyurgan aholiga mahalladagi hokim yordamçisi Muqaddas Beknazarova va yoşlar yetakçisi Şohruh Rözmetovlar tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş, oilada öz-özini band qiliş uçun kredit oliş tartiblarini batafsil tuşuntirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶