SAYYoR QABULDA UYŞINLIKLARNING MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLARI ÖRGANILDI
Uyşin mahallasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşevning sayyor qabuli bölib ötdi. 12-yanvar kuni mahalla fuqarolar yiğini binosida bölib ötgan sayyor qabulda Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailov hamda fuqarolar yiğini masʼullari, faollari va 30 nafarga yaqin fuqarolar iştirok etişdi.
Tadbirni Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov oçib berdi va xalq bilan yaqin böliş, muammolarini örganib, yordam körsatiş maqsadida sayyor qabul va turli uçraşuvlar ötkazilayotganini, bu özining ijobiy samarasini berayotganini aytib ötdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev ham hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar xususida sözlab, xalq orasida böliş, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, ularning dard-u taşvişlarini tinglaş, muammolarni örganiş va ularni bartaraf etiş, mahallabay tizimida iş yuritiş kabilar Davlatimiz rahbari tomonidan taşkil etilgan sektorlar va boşqa mutasaddi idoralar rahbarlari zimmasidagi asosiy vazifa ekanligini taʼkidladi.
Şuningdek, Prezidentimizning “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga asosan tumanimizning barça hududlarida aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etiş va infratuzilmani rivojlantiriş maqsadida pul mablağlari ajratilişi belgilanganligi, ajratilgan mablağlarni sektor hududidagi ovul va mahallalarda bosqiçma-bosqiç içki yöllarni taʼmirlaş, fuqarolar yiğini maʼmuriy binolari va sport maydonçalarini yangidan quriş, elektr tarmoqlarini tortiş kabilarga sarflaş rejalaştirilganini aytib ötdi.
Qabul davomida sözga çiqqan mahalladagi hokim yordamçisi va yoşlar yetakçisi aholi turmuşini yaxşilaş, ayniqsa, yurtimiz kelajagi bölgan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning orzu-maqsadlarini röyobga çiqarişlariga imkoniyat yaratişga doir masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini gapirib, bu borada hududda bajarilgan amaliy işlar xususida maʼlumot berib ötişdi.
Mavjud muammolarni aniqlaş, ularni bevosita joyida bartaraf etiş yuzasidan aniq va tezkor çoralar köriş maqsadida ötkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan turli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlar asosan moddiy yordam, farzandining oliy taʼlimda öqişi uçun kontrakt puli, bola puli, kadastr hujjatlari, subsidiya asosida tikuv maşinasi beriş, muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun badal pulini qoplaşga kömaklaşiş kabi masalalarda böldi.
Murojaatlarga köra mahalla fuqarolari Adolat Tursunboyevaga oliy taʼlimda öqişi uçun kontrakt pulini tölaşda, Nazira Sitboyevaga subsidiya asosida tikuv maşinasini olişda, Qahramon Hayitboyevga muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun badal pulini qoplaşda kömaklaşiladigan böldi. Murojaatlar ijrosini tuman hokimi öz nazoratiga oldi.
Sektor rahbari hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etiş, kerakli çoralarni köriş böyiça ham tegişli mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶