MAHALLADAGI HOKIM YoRDAMÇISI
Insonning şaxs sifatida şakllanişida, avvalo, ota-onasining jamiyatda tutgan örni, qolaversa, oila muhiti muhim ahamiyatga ega. Şuning uçun ham oilani axloqiy-maʼnaviy tarbiya maktabi, ota-onani yetuk tarbiyaçi – oilaning metin ustunlari, deyişadi. Agar taʼbir joiz bölsa, Muqaddas Beknazarovani kamolga yetkazgan oila muhiti qattiqqöl va mehribon ota, zukko, bilimdon, yuksak maʼnaviyatli ona hamkorligida tartib berilgan öziga xos tarbiya maktabi edi.
Çoyköl qişloğida oddiy mexanizator Norim oğa bilan kimyo-biologiya fani öqituvçisi Enajon opaning köngil gavhari bölib, 1978-yilda dunyoga kelgan Muqaddas 6 yoşga tölar-tölmay, onasi işlaydigan 22-maktabning 1-sinfiga öqişga borganida u alifbeni hijjalab öqişni bilar, son-larni yoddan qöşib-ayiriş qobiliyatiga ega zukko qizaloq edi. U öz tengdoşlaridan oldin, 16 yoşida umumtaʼlim maktabini, 1999-yilda – 20 yoşida NDPIning rus tili va adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli tugatdi.
Tabiatan tirişqoq, intiluvçan bölgan Muqaddas ilk pedagogik faoliyatini 40-sonli maktabda qoraqalpoq tili fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşladi. Keyinçalik 1999-yildan 2017-yilgaça mazkur maktabda öquvçi-yoşlarga rus tili fanidan saboq berdi, bir vaqtning özida, 13-yil davomida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.
Barça davrlarda ham bilimdon, taşabbuskor va işçan kadrlar öz salohiyati bilan el-yurt eʼtirofiga sazovor bölgan va bunday insonlar hamişa qadrlangan.
M.Beknazarova ham taşabbuskor va işçan kadr sifatida tuman rahbariyati tomonidan eʼtirof etilib, bir neça yillar davomida fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Amudaryo tuman Kengaşi raisining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari, ÖzLiDeP tuman Kengaşi apparat rahbari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Ayni paytda Farovon mahallasida hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritayotgan M.Beknazarova deyarli har kuni xalq orasida, aholi hayotidagi yeçimini kutayotgan muammolarni joyida hal etiş, murakkab masalalar böyiça tegişli taşkilotlar bilan bamaslahat, hamkorlikda iş yuritiş maqsadida doimiy
harakatda.
MFY raisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda hudud aholisi bilan yaqindan tanişib, mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etişga jiddiy kirişgan M.Beknazarova qisqa fursat içida aholi bandligini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli işlarni amalga oşirdi. Mahalla hududida yangidan issiqxonalar, tozalangan içimlik suv şoxobçasi taşkil etilib, Farovon va Yakkatut köçalarining 1,7 km. qismiga şağal yotqizildi, mahalla hududidagi uzunligi 10 metr bölgan köprikning himoya qismi homiylik va haşar yöli bilan qurib-taʼmirlandi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Mahalla boği" taşkil etilib, taşlandiq hudud obodonlaştirildi. Şu yilning özida hokim yordamçisining taşabbusi va kömagi bilan texnika va texnologiya asbob-uskunalariga xizmat körsatiş, tikuvçilik va boşqa tadbirkorlik yönalişlari taşkil etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” röyxatlariga kiritilgan oilalar aʼzolarining doimiy iş bilan bandligi taʼminlandi.
“Temir daftar” röyxatiga kiritilgan fuqaro M.Kamolovga “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan yangidan turar joy qurib berildi. “Ayollar daftari”ning 3-toifasida röyxatda turuvçi F.Allaberganova va R.Fozilbekovalarning uyi sifatli taʼmirdan çiqarildi. Şuningdek, 13 nafar işsiz fuqarolarga dehqon xöjaligi yuritişlari uçun şaroit yaratilib, 2,5 gektar yer ajratib berilişiga kömaklaşildi. Tikuvçilik yönalişida öz tadbirkorligini boşlaş istagida bölgan ayol-qizlar öqitildi va şaxsan hokim yordamçisining taşabbusi bilan ularga subsidiyalar ajratilib, tikuv maşinalari olib berildi.
Yaqinda mahallada YaTT “Xudoyberganova Gulfiya Gulmirzayevna” oilaviy bolalar boğçasini taşkil etdi.
Jami 407 mln. sömlik mazkur loyihani amalga oşirişda tadbirkorning 250 mln. sömlik öz mablağiga qöşimça ravişda hokim yordamçisining kömagi bilan 157 mln. sömlik bank krediti ham yönaltirildi. Mazkur MTT taşkil etilişi bilan mahalladagi 5 nafar ayol-qizning doimiy bandligi taʼminlandi.
Şuningdek, 33 mln. sömlik imtiyozli kredit mablaği hisobiga taşkil etilgan “Asaloy” gözallik salonida ham 5 nafar işsiz yoşlarning bandligi taʼminlandi.
Mahallada hokim yordamçisining taşabbusi va kömagi bilan homiylarni jalb qilgan holda kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularni ijtimoiy himoyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2022-yil davomida aynan şu maqsadlar uçun 9,5 mln. söm mablağ ajratilib, 6 ta oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Muqaddas mahallada hokim yordamçisi sifatida faoliyatini boşlagandan beri ötgan qisqa fursat içida turli muammoli masalalar böyiça 200 nafar fuqaroni qabul qilib, ularni puxta örganiş orqali ijobiy hal etilişiga kömaklaşdi.
Mahalla hududi kun sayin farovonlaşib, çiroy oçib bormoqda. Bu özgarişlarda mahallada faoliyat olib boruvçi hokim yordamçisining munosib hissasi bor. U har kuni sevimli mahallasi köçalaridan ötib, işga otlanarkan, bu hududni özining oilasi, mahalla ahlini esa oila aʼzolari, yoşlarni öz farzandlari kabi yaxşi körişini dil-dilidan his etadi. Umr yöldoşi Oybek Yöldoşev bilan mehr köşkida ulğaytirayotgan öğillari Asadbek, Avazbek va Azizbeklarning kelajak orzularini jonajon mahallasi va sevimli xalqining yoruğ niyatlari bilan muştarak tasavvur qiladi.
M.Beknazarova uçun xalqqa xizmat qiliş, ularning orzu-umidlari röyobi uçun intilib yaşaş – oilasi, mahallasi va demakki, aziz Vatani uçun munosib xizmat qiliş, xalq işonçiga sazovor böliş sari ezgu qadamdir. Işonç esa jamiki ezgu işlarga qanot, inson uçun eng katta maʼnaviy rağbat.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶