Amudaryo tumani hokimining navbatdagi şaxsiy qabuli bölib ötdi
Aholi bilan bevosita muloqot qiliş, ularning dardu taşvişlarini tinglaş va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida hal etiş mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Şu maqsadda fuqarolarning kundalik hayotida uçrayotgan eng dolzarb muammolarni çuqur örganiş hamda ularga öz vaqtida, qonuniy yeçim topiş maqsadida 10-iyul kuni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametovning aholi va tadbirkorlar uçun navbatdagi şaxsiy qabuli bölib ötdi.
Oçiq va samimiy muloqot ruhida ötgan mazkur qabul davomida jami 44 nafar jismoniy şaxs iştirok etib, ular tomonidan turli sohalarga oid 49 ta masala böyiça murojaatlar kelib tuşdi. Kelib tuşgan murojaatlarning salmoqli qismini ijtimoiy himoya, bandlik va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan masalalar taşkil etdi.
Xususan, aholi tomonidan yoşlar va xotin-qizlarni işga joylaştiriş, jumladan, tibbiyot birlaşmasi, "Manğit dehqon" bozori hamda Qipçoq davlat örmon xöjaligi kabi taşkilotlarda doimiy bandlikni taʼminlaş, şuningdek, subsidiya asosida tikuv maşinasi va mototsikl ajratiş, moddiy yordam körsatiş hamda pillaçilik yönalişida ajratilgan kreditni maqsadli yönaltiriş uçun plastik kartaga tuşirib beriş kabi talablar ilgari surildi. Bundan taşqari, baʼzi fuqarolar tomonidan nodavlat taʼlim taşkilotidan iş haqini undirişda amaliy yordam söraldi.
Murojaatlarning aksariyati uy-joy, yer va kadastr masalalari bilan boğliq böldi. Qabulda iştirok etgan qator fuqarolar öz yaşaş joylarini taʼmirlaş uçun usta va quriliş materiallari, xususan, ğişt ajratişda hamda yangidan uy-joy qurişda kömak berişni söraşdi. Şu bilan birga, murojaatçilar köçma savdo dökoni quriş uçun yer uçastkasi ajratiş, yer va turar-joy çegaralarini aniq belgilab beriş, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etiş, auktsion orqali olingan yer tölovlarini amalga oşirişda yengillik yaratiş hamda kadastr hujjatlarini rasmiylaştirişga oid muammolar böyiça tuman hokimidan amaliy yordam söradilar.
Kommunal xizmat körsatiş, infratuzilmani yaxşilaş va ekologik holatga doir masalalar ham diqqat markazida böldi. Hududlardagi şaroitlarni yaxşilaş maqsadida içki köçalarga toş yotqiziş, yangi içimlik suvi tarmoqlarini tortiş, elektr energiyasi taʼminotini barqarorlaştiriş uçun simyoğoçlar örnatiş yoki ularni va transformatorlarni xavfsizroq joyga köçiriş, şuningdek, zamonaviy quyoş panellarini örnatiş böyiça ham murojaatlar kelib tuşdi.
Atrof-muhit va sanitariya holati böyiça esa fuqarolar tomonidan toş maydalaş zavodlaridan havoga kötarilayotgan çang miqdorini nazorat qiliş va çora köriş, maişiy çiqindilarni öz vaqtida olib çiqib ketiş, köçadagi noqonuniy konteynerlarni olib taşlaş hamda qöşnilar örtasidagi sanitariya qoidalariga zid qurilmalar yuzasidan kelib çiqqan nizolar bayon etildi. Bulardan taşqari, şaxsiy turmuş bilan boğliq bölgan huquq-tartibot masalalari böyiça murojaatlar ham körib çiqildi.
Şaxsiy qabul davomida kötarilgan har bir masala tegişli tartibda röyxatga olinib, ularning aksariyatiga şu joyning özida huquqiy tuşuntirişlar berildi. Ijrosi maʼlum vaqt va örganiş talab etadigan, nazoratga olingan murojaatlar böyiça esa tuman hokimi tomonidan tegişli soha rahbarlariga, mutasaddi taşkilotlar va muassasalar masʼullariga muammolarni qonuniy va ijobiy hal qiliş yuzasidan aniq muddatli topşiriqlar berildi.
Mahalliy hokimiyat organlarining bu kabi oçiq muloqotlari fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga barham beriş, ularning davlat idoralariga bölgan işonçini yanada mustahkamlaş va xalq roziligini taʼminlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶