SAVODXONLIK BAYRAMIDA QORBOBO VA QORQIZ MEHMON BÖLDI
Har yili Yangi yil bayrami arafasida umumtaʼlim maktablarining 1-sinf öquvçilari uçun biri-biridan yorqin taassurotlarga boy bayramlar boşlanadi. Avvalo, ular öquv yilining birinçi yarim yilligida egallagan bilimlarini namoyiş etib, “Alifbe” bayramini şod-u xurramlik bilan nişonlaydilar. Öqişni örgangan bolajonlarning bu quvonçlari Yangi yil şodiyonalariga ulanib ketadi.
Ana şunday qöşaloq bayram zavqini surgan 36-sonli umumtaʼlim maktabining 1 “A” sinf öquvçilari iştirokida ötkazilgan savodxonlik bayrami ham hayajonli taassurotlarga boy böldi. Bolajonlar bu kunga puxta taraddud kördilar. Bayramona bezatilgan sinfxonada öquvçilar tomonidan tayyorlangan plastilin öyinçoqlar, gulqoğozlardan yasalgan turfa gullar, tabiat manzaralari aks ettirilgan suratlar, öquvçilarning eng çiroyli husnixat daftarlari, ertak qahramonlari tasvirlangan plakatlar körgazmasi taşkil etildi.
Savodxonlik bayramiga bağişlangan tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Sarvar Qutlimurodov oçdi va öqişni örgangan bolajonlarni samimiy tabrikladi.
Şundan söng öquvçilar “Alifbe” kitobi boşçiligida özbek tilidagi barça harf va tovuşlar qiyofasida namoyon bölişib, har bir harfga monand şeʼrlar aytişdi. Qiziqarli savol-javoblar orqali özlari erişgan yutuqlarni amalda körsatib berişdi, qöşiq va raqslar ijro etişdi.
Savodxonlik bayramiga Ona tili va Öqiş kitobi bilan Qorbobo hamda Qorqiz taşrif buyurişdi. “Alifbe”ni yaxşi özlaştirgan zukko, bilimdon bolalarga Qorbobo va Qorqiz sovğalar ulaşib, “Savodxonlik guvohnomasi”ni taqdim qilişdi. Bolalar şod-u xurramlik bilan Öqiş va Ona tili kitoblarini qabul qilişib, yaxşi öqişga, Vatanga munosib farzand bölişga söz berdilar. Qorbobo va Qorqiz bilan birgalikda quvnoq raqslar, ona Vatan, binafşa, döstlik, tinçlik, Vatan posboni mavzularida şeʼrlar, qöşiqlar ijro etişdi.
Tadbir yakunida bolalar özlariga ilm yölini körsatgan qadrdon “Alifbe” kitobi bilan xayrlaşib, Ona tili va Öqiş kitobi bilan ertaklar olamiga sayohat qildilar.
Savodxonlik bayrami nafaqat öqişni örgangan bolajonlar, balki ularning ota-onalari va ustozlariga ham olam-olam zavq bağişladi.
Nasiba BOBOJONOVA, şu maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶