36-sonli maktabda savodxonlik bayrami ötkazildi
Savodxonlik harflar öqiy oliş va sanaşni örganişdan boşlanadi. Keyinçalik esa fanlar asta-sekin murakkablaşib, ona-tili, matematika, tabiiy fanlar singari ilm sohalariga bölina boşlaydi. Biroq, har bitta işning eng murakkab va masʼuliyatli nuqtasi bu – dastlabki jarayondir. Yaʼni inson uçun suv va havodek zarur bölgan savod çiqarişdek maşaqqat ortida ustozlarning tinimsiz mehnati, qobiliyati yotadi. Şu sababli ham maktabga ilk qadam qöygan paytimiz kitobning mohiyatini bilmasdan, faqatgina kamalakrang rasmlariga mahliyo bölib ötirganimizda qölimizdan tutib, harflarni, öqişni örgatgan va kitoblarning mohiyatini anglaşimizga yaqindan yordam bergan aziz inson – birinçi ustozimiz oldida bir umr boş egamiz. Bugun öşa ustozlarimizning va savod çiqarişimizga sababçi bölgan alifbo kitobining şarofati bilan qay birimiz doktor, kimimiz öqituvçi, kimimiz esa yana boşqa-boşqa kasblarni egallab, jamiyatda öz örnimizga egamiz. Dunyo aholisi orasida hali hanuzgaça savodsiz insonlarning mavjudligi esa bizni şukur qilişga undaydi. Şubhasiz, bilim va savodning mavjudligi ham bir neʼmat.
Yangi yil bayrami yaqinlaşgani sari yurtimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida yana bir şodiyona – savodxonlik bayrami ham keng nişonlanadi. Bu bayram öz navbatida “Alifbo bayrami” sifatida ham barçamizga taniş va qadrdon. Maktablardagi barça 1-sinf öquvçilari yangi yilga qöşaloq ravişda, savodxonlik bayramini ham zör iştiyoq, bayramona şukuh va közlarda quvonç bilan qarşi oladilar. Yelkalariga yaltiroq zarlar taqib, qöllarida alifbodagi biror harfni tutib, öşa harf bilan boşlanuvçi şeʼrlar hamda qöşiqlar aytadilar.
Ana şunday tadbirlardan biri, Amudaryo tumanidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida ham bölib ötdi. Maktabning 1-“b” va 1-“v” sinfi öquvçilari iştirokida hamda şu sinflar rahbarlari Guloyim Bobojonova, Farida Saidovalar boşçiligida ötkazilgan savodxonlik keçasi çinakam şodiyona tusini oldi.
Dastlab, öquvçilar alifbodan örin olgan harflarga bağişlab şeʼrlar aytdilar. Çuçuk tillari ila harflarning mohiyatini tuşuntirişga harakat qildilar. Harflarga moslab qöşiqlar kuylab, raqsga tuşdilar. Bayram davomida öquvçilar “Alifbe” kitobi bilan xayrlaşib, “Öqiş kitobi” bilan tanişdilar va özlari uçun bitmas-tuganmas bilim xazinasi bölmiş uşbu kitobni varaqlaşga oşiqdilar.
Tadbir söngida davraga yangi yilning orziqib kutilgan mehmonlari Qorbobo va Qorqiz taşrif buyurib, öquvçilarni qöşaloq bayram bilan tabriklaşdi. Bolajonlar esa Qorboboga özlari sevgan şeʼrlardan aytib berib, yuraklari zavq-u, şavqqa töldi. Şu tariqa, Qorbobo öquvçilarga bir-biridan ajoyib bayram sovğalarini ulaşdi.
Ha, ona tilimizdan örin olgan har bir harfning öz ohanggi va öz örni bor. Ularning qay birining qay tarzda qöllanilişini ham aynan maktabda örganamiz. Internet maʼlumotlariga köra, dunyodagi savodsiz insonlarning uçdan ikki qismini qizlar va ayollar taşkil etadi. Markaziy va Şarqiy Osiyoda, Şimoliy Amerikada, Lotin Amerikasida va Karib dengizi havzasi davlatlarida savodsiz erkaklar va ayollar örtasidagi farq u qadar katta emas. Biroq Şimoliy Afrika, Ğarbiy va Janubiy Osiyo va Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan davlatlarida savodsizlik böyiça jinslar örtasidagi farq sezilarli darajada.
Şuningdek, YuNESKO maʼlumotlariga köra, dunyo böylab 6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 244 million bolalar maktabga borişmaydi. Past va örta daromadli mamlakatlarda 10 yoşli bolalarning oddiy matnni ham öqiy olmasligi 2019-yildagi 57 foizdan 2022-yilda 70 foizgaça kötarilgan. Bolalarning, jumladan, maktabda taʼlim olayotgan bolalarning katta qismi bazaviy savodxonlik könikmalariga ham ega emas.
Ha, bu ayançli statistika. Şunday ekan, bugun farzandlarimizning maktabda olayotgan bepul bilim va tarbiyasi şukur qilib, fikr yuritişimizga çorlaydigan bebaho neʼmatdir.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶