Amudaryo tumanida “Qipchoq hotel” nomli yangi mehmonxona faoliyat boşladi
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantiriş va turizm infratuzilmasini yaxşilaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xizmat körsatiş sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar va imtiyozlar berilişi ularga keng kölamli imkoniyatlar taqdim etmoqda. Xususan, mehmonxona tadbirkorligining rivojlanişi hududlarning iqtisodiy salohiyatini oşiriş va turizmni yanada taraqqiy ettirişda muhim örin tutadi.
Amudaryo tumani özining geografik joylaşuvi va tarixiy inşootlari bilan turizm sohasida katta imkoniyatlarga ega. Tumanda xizmat körsatiş infratuzilmasining rivojlanişi nafaqat iqtisodiy ösişni taʼminlayapti, balki aholi farovonligiga ham ijobiy taʼsir körsatyapti. Beştom mahallasi hududida qad rostlagan zamonaviy “Qipchoq hotel” nomli mehmonxona ham şu maqsadlarga xizmat qiladi.
19-yanvar kuni uşbu yangi mehmonxonaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Mazkur xizmat körsatiş şoxobçasi "Soliy kinochi" MÇJ rahbari, tadbirkor Davronbek Eşmurodov taşabbusi bilan amalga oşirilgan bölib, Amudaryo tumanining turizm va xizmat körsatiş sohasidagi körsatkiçlarini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, “Özmilliybank” aktsiyadorlik jamiyatining Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali boşliği, soha masʼullari, tadbirkorlar va aholi vakillari iştirok etdi.
Oçiliş marosimida tuman hokimi Sobir Xöjametov barça qulayliklarga ega bölgan yangi, zamonaviy mehmonxonaning faoliyat boşlaşi tumanimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri bölib, turizm sohasida körsatilayotgan xizmatlar hajmining ortişiga zamin yaratişini alohida taʼkidladi. Bu kabi loyihalar nafaqat tumanning iqtisodiy salohiyatini oşirişi, balki aholining turmuş darajasini yuksaltirib, yangi iş örinlari yaratiş va hudud infratuzilmasini yanada yaxşilaşi eʼtirof etildi. Mehmonxona, şuningdek, yangi turistik yönalişlarni oçiş va hududni xalqaro miqyosda tanitişda muhim örin tutişi qayd qilindi.
Tadbir iştirokçilari tadbirkor Davronbek Eşmurodov mehnatini eʼtirof etib, uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlarga tilakdoşlik bildirdi. Bu loyiha faqatgina turistik sektorda emas, balki turli sohalarda yangi istiqbollarni taʼminlaşga xizmat qilişi eʼtirof etildi.
Mehmonxona qurilişi 2024-yil davomida zamonaviy arxitektura talablari asosida amalga oşirildi. Loyiha tadbirkor Davronbek Eşmurodovning öz mablağlari va “Özmilliybank” tomonidan ajratilgan 2 milliard sömlik imtiyozli kredit mablağlari yordamida qurib bitkazildi.
Xizmat körsatiş şoxobçasi bir vaqtning özida 62 nafar mehmonni qabul qiliş imkoniyatiga ega. Mehmonxona barça zamonaviy qulayliklar bilan taʼminlangan. Binoning birinçi qavatida umumiy ovqatlaniş şoxobçasi taşkil etilgan bölib, u nafaqat mehmonxona mijozlariga, balki mahalliy aholi va sayyohlarga ham xizmat körsatadi.
Mehmonxona asosan mahalliy va xorijiy mehmonlarni qabul qilişga möljallangan. Uning joylaşuvi hududning tabiiy gözalligi va tarixiy obidalarga yaqinligi bilan ajralib turadi.
Tadbirkor Davronbek Eşmurodovning rejalariga köra, kelgusida mehmonxonada zamonaviy xizmatlarni yölga qöyiş, xizmat körsatiş sifatini xalqaro talablarga mos ravişda yaxşilaş közda tutilmoqda. Bundan taşqari tadbirkor mehmoxona faoliyati orqali mahalladagi 10 nafar işsiz yoşlarning doimiy bandligini taʼminlagan. Tadbirkor xizmat körsatiş sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan xalqimiz hurmatini qozongan işbilarmonlardan sanaladi. Uning “Qipchoq choyxona” nomli umumiy ovqatlaniş şoxobçasida ham xalqimizga namunali xizmat körsatib kelinmoqda.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶