BEZGAK KASALLIGIDAN ÖZINGIZNI HIMOYa QILING!
Hozirgi kunda haj safariga, tropik mamlakatlarga boruvçilar kundan kunga köpaymoqda. Şuning uçun sayohatçilar özlarini bezgak kasalligidan himoya qilganlari maqʼul. Bezgak bilan oqiş xavfi mavjud bölgan joylarga bormoqçi bölganlar şifokorlarga yoki davolaş profilaktika muassasalariga murojaat qilişlari va kasallikdan himoyalaniş çoralarini körişlari kerak. Agar xavf mavjud bölsa, bezgakka qarşi qanday dori-darmon oliş kerak, qanday qöllaş lozim va qanday salbiy oqibatlar bölişi mumkin, xavfli hududdan qaytganingizdan söng esa tavsiya qilingan dorini belgilangan miqdorda 4 hafta davomida qabul qiliş, kasallik belgilarini esdan çiqarmaslik kerak.
Agar kimdaki tösatdan (qaltiraş, yuqori harorat, terlaş) boş oğriği, muşaklarda oğriq, köngil aynişi, yoki iç ketişi kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilişi va bölgan joylarini şifokorga albatta aytişi lozim. Çunki bezgak sayohatdan qaytgandan bir neça yildan söng ham rivojlanişi mumkin, hattoki bezgakka qarşi dori vositalarni qabul qilganda ham. Bunday holatlarda qonni bezgakka tekşirtiriş şart.
Bezgakning öta xavfli turi ham mavjud bölib, hattoki dastlabki belgilari paydo bölgandan 48 soat ötib ölimga olib kelişi mumkin. Oldini oliş uçun esa şifokor körigidan muntazam ötib turiş kerak. Bezgak bilan zararlanişning oldini oliş uçun infektsiya taşuvçilari – bezgak paşşalari çaqişidan himoyalaniş zarur.
T.Atamuratov, SEO va JSB parazitlogiya bölimi mudiri.
N.Madiyarova, entimolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶