“MENING OILAM” GAZETASI TAHRIRIYaTINING GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI TAŞKIL ETILDI
“Mening oilam” gazetasi tahririyatining Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” grant loyihasi doirasida hududlarda turli tadbirlar taşkil etilmoqda.
Şu yil 1-dekabr kuni Qiliçboy ovulidagi 83-sonli maktabda loyiha doirasida nogironligi bölgan yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida hududda yaşovçi yoşlar uçun “Kitoblar karvoni” tadbiri ötkazildi. Uşbu tadbirda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi masʼul kotibi, jurnalist Ozoda Xudoyberganova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimovlar hamda maktab direktori Dilafruz Ismoilova, maʼnaviyat-maʼrifat masalalari böyiça direktor örinbosari Anorgul Xolimbetova hamda öqituvçilar, öquvçilar iştirok etişdi.
Tadbirda jurnalist O.Xudoyberganova hamda “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Ö.Reyimovlar dastlab yoşlarni kitobxonlikka jalb etiş, ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijod namunalarini yoritiş borasida olib borilayotgan işlar, taşkilot qoşidagi 5 ming donaga yaqin kitoblar fondiga ega bölgan kutubxona, şuningdek, tahririyat tomonidan turli loyihalar doirasida taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar xususida maʼlumotlar berib ötdilar. Şuningdek, körgazmaga qöyilgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti qoşidagi kutubxonaga tegişli bölgan 100 tadan ziyod kitoblar bilan taniştirdilar. Yoşlar şu joyning özida kutubxonaga aʼzolikka qabul qilinib, özlariga yoqqan kitoblarni tanlab oldilar.
Ovul yoşlariga hududda taşkil etilgan “Kitoblar karvoni” tadbiri juda manzur böldi va ular kitobxonlikka bölgan qiziqişlari, mehri yanada ortganligini minnatdorçiliklari, mamnuniyatlari bilan ifoda etdilar.
M.Şomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶