33-SONLI MAKTABDA BOŞLANĞIÇ SINFLAR ÖQUVÇILARINI SOĞLOM OVQATLANTIRIŞ MAVZUSIDA YIĞILIŞ BÖLIB ÖTDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining boşlanğiç sinf öquvçilarini bosqiçma-bosqiç bepul ovqat bilan taʼminlaş tizimini yölga qöyiş belgilab berilgan edi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy örta taʼlim muassasalarida boşlanğiç sinf öquvçilarini oziq-ovqat bilan taʼminlaşni sifatli taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, boşlanğiç sinf öquvçilariga bepul yengil nonuşta mahsulotlari tarqatiş yölga qöyilgan edi.
Joriy öquv yilida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşida tuzilgan işçi guruh tomonidan ötkazilgan tanlovda ğolib bölgan 3 ta tadbirkorlik subʼektlari tomonidan tumandagi 55 ta maktabning boşlanğiç sinf öquvçilariga yengil nonuşta mahsulotlari tarqatilmoqda. Yaqin kunlarda mavjud 85 ta maktablarning 14 ming 650 nafardan ortiq boşlanğiç sinf öquvçilari keytering taşkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadi.
Amudaryo tumanidagi 33-sonli maktabda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy örta taʼlim muassasalarida boşlanğiç sinf öquvçilarini oziq-ovqat bilan taʼminlaşni sifatli taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş masalasi muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömita raisi Dauitbay Qurboniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Abat Daniyarov, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, tumanda Içki işlar bölimi, tibbiyot muassasalari boşliqlari, autsorsing asosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçi tadbirkorlar, ovul fuqarolar yiğini masʼullari, maktab öqituvçilari, ota-onalar vakillari qatnaşdilar.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi hamda iştirokçilarni kun tartibidagi masala bilan taniştirdi. U öz sözida bugungi kunda tumandagi 55 ta maktabda boşlanğiç sinf öquvçilarini sifatli va soğlom ovqatlantiriş böyiça yengil nonuşta mahsulotlari tarqatilayotganligi, yaqin kunlarda barça 85 ta maktablarning boşlanğiç sinf öquvçilari ham keytering taşkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanişini aytib ötdi.
Buning uçun keytering taşkilotini tanlab oliş Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, texnik talablarga köra Özbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari töğrisida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining işçi guruh komissiyasi tender ötkaziş çora-tadbirlari körilayotganligini maʼlum qildi.
Kun tartibidagi masala böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömita raisi Dautbay Qurboniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Abat Daniyarovlar öz fikrlarini bildirib, maktablarning boşlanğiç sinflari öquvçilariga oziq-ovqat mahsulotlari masʼul vazirliklar kelişuvi asosida tasdiqlangan taomnomaga muvofiq berilayotganligi, bunda mahsulotning öquvçilar salomatligi uçun foydali, vitaminlarga boy bölişiga eʼtibor qaratilganligini taʼkidladilar va bu borada ota-onalar va keng jamoatçilikning ham fikrlari söraldi.
Şuningdek, yiğilişda tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği Faxriddin Abdullayev, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi boşliği Gulmurod Bekiyev, 33-sonli maktab direktori Hanifa Yaxşimovalar sözga çiqib, öquvçilarga oziq-ovqat mahsulotlari har kuni sifatli yetkazib berilayotganligini bildirdilar.
Yiğilişda muhokama etilgan masala yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶