FAOLIYaTNING OÇIQLIGI - TARAQQIYoT KAFOLATI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar” deb belgilab qöyilgan.
Joriy yilning 2-may kuni Özbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Qonunining kuçga kirişi davlatimizning xalq irodasini ifoda etişidagi yana bir zalvorli qadam böldi. Boisi, uşbu qonun xalqimizning davlat boşqaruvi organlari faoliyati töğrisidagi axborotdan doimiy ravişda xabardor böliş imkoniyatini amalda taʼminlaydi.
Mazkur qonun fuqarolarning davlat boşqaruvi organlari faoliyati haqidagi axborotga bölgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşiriş mexanizmlarini takomillaştiriş, ular faoliyatining oçiqligini, şaffofligini taʼminlaş, şuningdek, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari hamda ular mansabdor şaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uçun masʼuliyatini oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Qonunda asosiy vazifalar, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati oçiqligining asosiy printsiplarining belgilanib qöyilişi, şuningdek, axborotdan foydalanuvçi söroviga binoan eʼlon qilinişi va taqdim etilişi mumkin bölgan axborot röyxatining alohida "Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisidagi axborot” moddasi bilan tasdiqlanişi, öz navbatida, mazkur sohadagi axborot xavfsizligini taʼminlaydi.
Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisidagi axborotdan foydalanuvçilarning huquqlari alohida körsatilgan bölib, jumladan, ularning murojaati asosida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisidagi işonçli axborotni oliş va tarqatiş huquqlari belgilangan. Qonunda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş sohasidagi vakolatlari, ularning huquq va majburiyatlari aniq taʼriflangan.
Bundan taşqari, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatini OAVda yoritişga masʼul axborot xizmatining majburiyatlari körsatilgan bölib, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining rasmiy veb-saytida ularning faoliyati töğrisidagi axborotni joylaştiriş va yangilab boriş vazifalari ham yuklangan.
Mazkur Qonun ijrosini taʼminlaş hamda tuman hokimligi va tumandagi mahalliy ijroiya organlari faoliyatining oşkoraligini taʼminlaş, keng jamoatçilik va aholini tumanda amalga oşirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borişi töğrisida muntazam xabardor qiliş maqsadida şu yilning 11-noyabr kuni tuman hokimining "Tuman hokimligi va uning tarkibiy bölinmalari faoliyatining oçiqligi va oşkoraligini taʼminlaş borasida qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 460-sonli qarori qabul qilindi va mazkur qaror bilan tuman hokimligining axborot xizmati taşkil qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati töğrisida nizom tasdiqlanib, şu asosda amaliy işlar boşlandi.
Öylaymizki, yangi taşkil qilingan axborot xizmati tumanimizda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaşda muhim vosita böladi.
Akbar XÖJAMUROTOV,
tuman hokimligining axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶