“YILNING ENG YaXŞI TARBIYaÇISI – 2022” KASBIY KÖRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Tumanda Maktabgaça taʼlim bölimi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining 2022-yil 5-sentyabr kungi tegişli buyruğiga köra “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi – 2022” kasbiy körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi.
Şu yil 20-sentyabr kuni bölib ötgan tanlovda tumandagi MTTlarning tarbiyaçilari uç şart böyiça bellaşişdi. Tanlovning birinçi şartiga köra iştirokçilar pedagogik faoliyati böyiça DMTTning veb-saytidagi sahifasida “Ilk qadam” maktabgaça taʼlim davlat dasturini amalga oşiruvçi metodik yoki boşqa mualliflik işlari, pedagogik tajribasini aks ettiruvçi foto va video lavhalar hamda materiallar qamrab olingan “Elektron-portfolio”sini taqdim etişdi. Ikkinçi şartga köra iştirokçilar MTTdagi pedagogik faoliyati, şaxsiy yutuqlari va ötkazayotgan maşğulotlarining tasviri asosida tayyorlagan videoroliklarini topşirişdi.
Tanlov davomida iştirokçilarining öquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy işlarini aks ettiruvçi materiallari va ijodiy işlari, faxriy yorliqlari hamda diplomlari ham eʼtiborga olindi.
Tanlov yakunida 5-sonli MTT tarbiyaçisi Feruza Rizayeva “Eng yaxşi metodist tarbiyaçi” nominatsiyasi böyiça, 23-sonli MTT tarbiyaçisi Zarafşon Jollibayeva “Eng yaxşi kreativ tarbiyaçi” nominatsiyasi böyiça, 27-sonli MTT tarbiyaçisi Dilrabo Bozorboyeva “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qöllaydigan eng yaxşi tarbiyaçi” nominatsiyasi böyiça, 4-sonli MTT tarbiyaçisi Dilfuza Rajabova “Eng yaxşi loyiha muallifi” nominatsiyasi böyiça, 2-sonli MTT tarbiyaçisi Nargiza Quvvatova “Mohir qöl ustasi” nominatsiyasi böyiça tanlovda ğolib deb topildilar. Ğoliblarga tanlovning respublika bosqiçiga yöllanma berildi.
Sohiba Bozorboyeva, tuman Maktabgaça taʼlim bölimi
Taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlaş va metodik xizmatni taşkil etiş şöʼbasi metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶