65-sonli maktabda boşlanğiç taʼlim fan oyligi yakuniga bağişlangan tadbir ötkazildi
Psixologlarning xulosalariga köra, bolaning 5-10 yoşgaça bölgan davrida olgan taʼlim-tarbiyasi uning keyingi hayotiga mustahkam asos bölar ekan. Şu jihatdan olib qaraganda, boşlanğiç sinflar öqituvçilarining bu boradagi faoliyati muhim ahamiyatga ega. Çunki bolaning boşlanğiç taʼlimni neçoğlik qunt bilan özlaştirişi aynan unga ilk taʼlim bergan, alifboni örgatgan ustozining fidoyiligiga boğliq.
Sentyabr oyi umumtaʼlim maktablarida boşlanğiç taʼlim fan oyligi sifatida belgilanişi ham maktabga ilk qadam qöygan bolalar bilan öqiş va yozişni puxta örganiş, ilm-irfon sirlarini puxta egallaş uçun intilayotgan boşlanğiç sinf öquvçilarining alohida qobiliyat va intilişlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Amudaryo tumanidagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida ham öquvçilarning boşlanğiç taʼlim böyiça darslar majmuini öquvçilarning puxta özlaştirişlarini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Şu bois, sentyabr – boşlanğiç taʼlim fan oyligi doirasida 1-2-3-4-sinflar öquvçilari örtasida har bir sinfda, avvalo, guruhlararo, keyinçalik sinflararo turli xil mavzularda bahs-munozarali va fikrni çarxlovçi bellaşuvlar, körik-tanlovlar, ilğor öqituvçilarning mahorat darslari taşkil etildi. Mahorat darslarida alohida qobiliyatga ega öquvçilar aniqlandi va ular rağbatlantirib borildi. Bu esa ularning har bir darsni özlaştirişga bölgan intilişlarini oşiriş imkonini berdi.
Maktabda fan oyligi doirasida biri-biridan qiziqarli tadbirlar taşkil etildi. Sentyabr oyining birinçi haftasida 1-2-sinflar örtasida “Kimning xati çiroyli” tanlovi ötkazilib, unda bolalar diktantlar yozişdi. 1-sinf öquvçilari ilk örgangan harflar qatorini çiroyli qilib yozişga intilişdi. Eng çiroyli husnixat egalari taqdirlandilar. Şuningdek, 2-4-sinflar öquvçilaridan kiriş testlari olindi. Test savolariga aniq va töğri javob bergan öquvçilar tengdoşlariga ibrat qilib körsatildi. Tabiiy fanlar böyiça 2-sinf öquvçilari örtasida ötkazilgan “Men izlanuvçiman” körik-tanlovi öquvçilarning taşabbus va intilişlari, şaxsiy fikrlarini ifoda etişlarida muhim omil böldi.
Fan oyligi davomida sentyabr oyining har bir haftasi öquvçilar va boşlanğiç sinflar öqituvçilari uçun qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötdi. 20-sentyabr kuni fan oyligi doirasida amalga oşirilgan barça maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar umumlaştirilib, “Men – Özbekiston bunyodkoriman” mavzusida kengaytirilgan adabiy-musiqiy va maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Fan oyligining yakuniga bağişlangan mazkur tadbirda 2-a sinf öquvçilari “Köylagim” raqsini mahorat bilan ijro etişdi. 2-b sinf qizlari ijrosidagi kuy-qöşiq va raqslar, 3-sinf öquvçilarining “Özbekiston” qöşiğiga raqslari barçaga xuşkayfiyat bağişladi.
Boşlanğiç taʼlim fan oyligining yakunida 3-va 4-sinflar öquvçilarining “Hosil bayramiga” bağişlangan tadbiri ham namoyiş etilib, inson va tabiatning özaro uyğunligi körgazmali çiqişlar orqali körsatib berildi.
Xususan, bobodehqonlarimiz tomonidan yetiştirilgan noz-neʼmatlarga alohida-alohida taʼriflar berildi. Mevalar, poliz va sabzavot, dukkakli don ekinlarining inson salomatligi uçun foydalari, şuningdek, milliy boyligimiz – paxtadan olinadigan mahsulotlar va ularning xalq farovonligini taʼminlaşdagi ahamiyati haqida öquvçilar öz fikrlarini bayon etişdi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶