56-sonli maktabda Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami keng nişonlandi
Öquvçi-yoşlarga berilayotgan taʼlim-tarbiyaning sifat va samaradorligini oşirişga muntazam ravişda harakat qilib kelayotgan Amudaryo tumanidagi 56-sonli maktab pedagoglar jamoasi Öqituvçilar va murabbiylar kuni bayramini aʼlo kayfiyat bilan kutib oldilar.
Albatta bunga sabab ularning fidokorona mehnatlarining, jonkuyarliklarining natijalaridir.
Ötgan öquv yilida maktabni 58 nafar öquvçi bitirgan bölsa, şundan 30 nafari oliy taʼlim muassasalari talabalari bölişdi. Maktabda taşkil etilgan variativ sinfdagi 26 nafar bitiruvçidan 22 nafari talabalikka qabul qilindi. Natijada maktab öquvçilarini oliy taʼlimga qamrab oliş böyiça körsatkiç 84 foizdan oşdi.
Joriy öquv yilida maktabning birinçi sinfiga 71 nafar öquvçi qabul qilinib, jami öquvçilar soni 546 nafarga yetkazildi.
Ayni paytda maktabda 55 nafar oliy maʼlumotli, bilimli va tajribali muallimlar öquvçilarga taʼlim-tarbiya berişmoqda.
30-sentyabr kuni maktabda Öqituvçilar va murabbiylar kuniga bağişlangan tadbirda maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Rohatoy Xudoybergenova sözga çiqib, maktabning pedagoglar jamoasini kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Şundan söng maktab öquvçilari ustozlarni tabriklab, ularga bağişlangan şeʼrlarni öqidilar, aşulalar aytib, raqsga tuşdilar.
Bitiruvçi öquvçilarni oliy taʼlimga qamrab oliş va boşqa yönalişlar böyiça tumanimiz maktablari örtasida peşqadamlar safida kelayotgan 56-sonli maktabda ham köpçilik taʼlim muassasalari qatori öquv va boşqa xonalar yetişmasligi kabi birqança muammolar mavjud edi.
Joriy yilda bu maktabda ham zamonaviy şaroitlar yaratiş maqsadida quriliş- taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Bu borada tumanimizdagi “Temir beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari jonbozlik körsatdilar. Loyiha bahosi 2 milliard 326 million söm bölgan bu qöşimça quriliş işlari jarayonida 180 öquvçiga möljallangan ikki qavatli bino qad rostladi.
Maktabning mavjud binosi yoniga qurilgan, barça şaroitlar muhayyo bölgan qöşimça binoning yoruğ sinfxonalarida ham öquvçilar ilk darslarni boşlab yubordilar.
1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan ötkazilgan bayram tadbirida maktab öquvçilari öz ustozlariga hurmat-ehtiromini şaʼrlar, tabriklar, kuy va qöşiqlar bilan izhor etib, barça öqituvçilarga katta quvonç ulaşdilar.
A.Jumaniyozov, maktabning ijodiy-madaniy masalalari böyiça tarğibotçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶