82-sonli maktabda ötkazilgan "Bilimlar kuni" tadbirida tuman hokimi S.Yöldoşev iştirok etdi
5-sentyabr kuni yurtimizdagi barça umumtaʼlim maktablarda “Bilimlar kuni” keng nişonlanib, “Birinçi qönğiroq” tadbirlari bölib ötdi. Amudaryo tumanidagi 85 ta umumtaʼlim maktablarida ham birinçi qönğiroq sadolari yangrab, taʼlim maskanlari bolajonlarni öz bağriga çorladi.
Manğit şahrining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli maktabda bölib ötgan “Birinçi qönğiroq” tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev iştirok etdi.
Tuman hokimi dastlab barçani Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan qizğin muborakbod etib, taʼlim sohasi xodimlarini, mazkur maktab öquvçilari siymosida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarda taʼlim oluvçi 37 ming 965 nafar öquvçilarni “Bilimlar kuni” – yangi öquv yilining boşlanişi bilan samimiy tabrikladi. Şuningdek, joriy yilda tumanimizdagi maktablarning 1-sinfga qabul qilinayotgan 4 ming 390 nafar bolajonlarning kelgusi öqişlarida omad tiladi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar öquvçilarni davlatimiz tomonidan yaratib berilgan şart-şaroitlar, imkoniyatlardan töliq foydlanib, şijoat bilan bilim olişga, Vatanimiz koriga yaraydigan munosib farzand bölib yetişişga daʼvat etdi. Şuningdek, yangi öquv yili barça öqituvçi va murabbiylarga, öquvçilarga muvaffaqiyatli, taʼlim sifati va samaradorligi har yildagidan ham yuqori bölişiga tilakdoş böldilar.
Bugun maktab ostonasiga ilk qadam qöygan öquvçilarning hayajonlari çeksiz, ularning murğak qalblarida Vatan, ona, tinçlik, döstlik kabi muqaddas tuşunçalar eng avvalo, mana şu maskanda keng quloç yozib, şakllanadi.
Har yili birinçi sinf öquvçilariga Prezident sovğasi − 14 xildagi öquv qurollarini taʼnatanli tarzda topşiriş anʼanaga aylangan. 82-sonli maktabning 1-sinfiga qabul qilingan bolajonlarga ham Prezidentimizning uşbu sovğalari tuman hokimi, xalq taʼlimi bölimi mudiri va boşqa masʼullar tomonidan tantanali ravişda topşirildi.
Şundan söng birinçi qönğiroq sadolari jaranglab, öquvçilar jonajon sinfxonalariga kirdilar. “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz!” şiori ostida ötkazilgan Mustaqillik darslarida öquvçilarga Vatanimizning şonli tarixi, mustaqillikning qadri va ahamiyati, yurtimizda inson qadrini uluğlaş, xalq farovonligini taʼminlaş yölida amalga oşirilayotgan işlar haqida keng tuşunçalar berildi.
Tuman hokimi sinf xonalarida ilk dars soatlari boşlanişini muştoqlik bilan kutayotgan bolajonlarni Prezident sovğalari bilan tabrikladi. Ularning kelajakda öz kasbining yetuk mutaxassisi bölib yetişişlariga, ustozlari bergan taʼlim va tarbiyasi oqlab, kelajakda komil insonlar bölib voyaga yetişlariga tilakdoşlik bildirdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶