“MENING MAHALLAM – MENING SUDYaM” ĞOYaSI OSTIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, şuningdek fuqarolarning huquqiy masalalari yuzasidan muammolarini tizimli hal etiş va aholining huquqiy ongini doimiy oşirib boriş yuzasidan barça hududlarda sud masʼullari tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” ğoyasi ostida sayyor qabullar va uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Şu yil 17-avgust kuni Amudaryo tumanida Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi masʼullari ham Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi binosida xuddi şunday sayyor qabul, fuqarolar bilan uçraşuv taşkil etişdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi raisi Kamol Tarixov, Respublika Maʼmuriy sudi sudyasi Pölat Doşmuradov, Respublika sudi raisning örinbosari, Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati raisi Abilay Adilov, Respublika sudi raisining örinbosari, Fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi Abdimurat Kerimbayev, Respublika sudi sudyasi Ötkir Sabirov va mutasaddi taşkilot rahbarlari qatnaşişdi.
Sözga çiqqan masʼullar dastlab sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot berişdi. Şuningdek, sohadagi tub özgarişlar, eng avvalo, mamlakatimizda sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlaş, odil sudlov samaradorligini, şu orqali xalqimizning sudlarga bölgan qatʼiy işonçini oşiriş va munosabatini özgartirişga qaratilganligini, ularning amaliyotga joriy etilişi bugungi kunda özining ijobiy natijalarini körsatayotganini taʼkidlaşdi. Sud-huquq tizimidagi barça islohotlar sudyalar mustaqilligini taʼminlaş, sudning nufuzini oşiriş, tizimni demokratlaştiriş va takomillaştirişga, fuqarolarning huquq va erkinliklari işonçli himoya qilinişiga xizmat qilişini eʼtirof etişdi.
Şundan söng sud masʼullari sayyor tartibda qabul ötkazib, tuman fuqarolarining murojaatlarini qabul qilişdi. Qabulda 31 nafar fuqaro turli murojaatlar bilan iştirok etdi. Fuqarolardan 5 nafari meros bölib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlaş yuzasidan, 4 nafari farzandiga jarrohlik amaliyotini ötkazilişiga yordam sörab, 5 nafari özining mutaxassisligi böyiça işga joylaşiş va boşqa masalalar yuzasidan amaliy yordam sörab, murojaat qilişdi. Barça murojaatlar atrofliça örganildi va fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etiş çoralari körildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi raisi tumandagi “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan 7 nafar ayol-qizlarga bugungi kunda davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklar xususida maʼlumotlar, huquqiy maslahatlar berib ötdi. Şuningdek, ularga sovğa-salomlar ham topşirildi.
Tadbir Toş yop ovulida davom ettirildi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi raisi, örinbosarlari, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Örazboyev va Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Xayrulla Atamuradovlar şu hududda yaşovçi fuqarolar bilan uçraşişdi.
Uçraşuv davomida fuqarolarning turli xil muammolari eşitilib, ijobiy hal etiş çoralari körildi. Bundan taşqari, aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oşiriş maqsadida ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar töğrisida maʼlumotlar berildi.
Jasur Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶