HOKIM YoRDAMÇISI AHOLINING MUNOSIB HAYoT KEÇIRIŞIGA INTILMOQDA
Prezidentimizning 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçilari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida iş boşlagan hokim yordamçilari ham hududlarda işsiz aholi bandligini taʼminlaş, yangi iş örinlari yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda ularga munosib şaroitlar yaratişda muhim rol öynamoqdalar.
Ular özlari xizmat olib borayotgan ovul va mahallalarda har bir xonadonga taşrif buyurib, mavjud holatni örgangan holda aholiga amalga oşirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tuşuntirmoqda, aniqlangan muammolarni joyida hal qiliş çoralarini körmoqda.
Şuningdek, hokim yordamçilari aholini, xususan, işsiz yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilib, ularning bandligini taʼminlaşga va doimiy daromad manbaiga ega bölişlariga kömaklaşmoqdalar. Qolaversa, ular tomorqalardan unumli foydalanişni, uy şaroitida dehqonçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik, gulçilik kabi faoliyat turlarini yölga qöyişni tarğib qilmoqdalar.
Tumanning Yuqori qişloq mahallasida iş olib borayotgan hokim yorlamçisi Doniyor Xudoyqulov öz faoliyatini fuqarolar yiğini raisi, yoşlar yetakçisi, ayol-qizlar faoli bilan hamjihatlikda xonadonlarga birma-bir taşrif buyurib, xatlovdan ötkazişdan boşladi. Xatlov natijalariga köra aholi 4 ta toifaga bölib olindi va natijalarga qarab ular bilan işlaşiş tartibi belgilandi.
Mahallada örganişlar tufayli 68 ta xonadonda yaşovçilar oilaviy daromadi kam, işsiz aʼzolari bor va biron faoliyat turi bilan şuğullaniş istagida yurgani, 270 ta xonadonda yaşovçilar esa doimiy daromadga ega bölib, ularning ham qöşimça daromad topiş istagi bor ekanligini aniqlandi. Şuningdek, 19 xonadonda nogironligi bor, bemor, boquvçisini yöqotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan, 128 ta xonadonda esa iqtisodiy ahvoli yaxşi bölgan aholi yaşaşi maʼlum böldi.
Hokim yordamçisi mahalladagi har bir oilaning öziga töq, farovon yaşaşiga erişişni asosiy maqsad qilib oldi. Uning kömagi bilan şu kungaça aniqlangan 111 nafar işsiz fuqarodan 73 nafarining bandligining taʼminlandi. 53 nafar fuqaroning mahalla dasturi orqali 781 million sömlik kredit olişiga kömaklaşildi. Ularning 2 nafari baliqçilik, 3 nafari qöyçilik bilan şuğullanmoqda, boşqalari ham qişloq xöjaligining turli sohalarida faoliyat boşladi.
Şuningdek, mahallada yaşovçi Davronbek Xöjamurodov “Har bir oila – tadbirkor” dasturi böyiça 31 million söm kredit olib, baliqçilik faoliyatini yölga qöygan bölsa, Muxtor Işmetov uşbu dastur asosida ikkilamçi yönalişi uçun 5 million söm kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirdi.
Aholi turmuş farovonligini oşirişning muhim şarti – bandlikdir. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, Yuqori qişloq mahallasida tadbirkorlikni rivojlantiriş, kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini taʼminlaş böyiça hokim yordamçisi Doniyor Xudoyqulovning olib borayotgan saʼy-harakatlari ham kelgusida özining ijobiy natijalarini berişiga şubha yöq.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶