Fidoyi mehnati bilan el-yurt nazariga tuşgan fermer
Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida fidoyi mehnati bilan el-yurt nazariga tuşgan fermerlar talaygina. Ham xalq ehtiyoji, ham mahalladoşlari ehtiyoji uçun zarur bölgan kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş, içki bozordan taşqari, qöşni tumanlar bozorlarini sarxil mahsulotlar bilan taʼminlaşda hududdagi köptarmoqli fermer xöjaliklarining hissasi katta.
Ovuldagi “Rajab-Japaq” fermer xöjaligiga Qurolboy Japaqov rahbarlik qiladi. Xöjalik yerlarining asosiy qismiga, yaʼni 23 gektariga paxta ekilib, har yili şartnomaviy rejalar oşirib ado etiladi. Bundan taşqari, 11 gektar maydondagi kuzgi buğdoy, 8 gektar mevazor boğ ham xöjalikning haqiqiy ziroatçilik fabrikasiga aylangan.
Joriy dehqonçilik yilida 11 gektar yerdagi kuzgi buğdoydan 28 tonna hosil olindi. Şartnomaviy rejadan taşqari yetiştirilgan 15 tonna buğdoy fermer xöjaligi omboriga tökildi va pudratçi dehqonlar ham möl-köl ğalla hosilidan bahramand bölişdi. Paxtaçilik, ğallaçilik va boğdorçilik yönalişlarini yuqori daromadli sohaga aylantirişda 44 nafar pudratçi dehqonlarning xizmatlari katta.
Xöjalik hududidagi ekinlarni agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarişlaş, vaqtida suğoriş, oziqlantiriş işlari meʼyorida olib borilgani uçun fermer xöjaligida dehqonçilik işlarini yuritişda umuman muammo yöq. Qolaversa, xöjalik ixtiyoridagi texnika vositalaridan samarali foydalaniş orqali ekinlar parvarişini yuqori sifatda amalga oşirişga erişilmoqda.
Ayni paytda fermer xöjaligi tasarrufida 2 ta T-28, 2 ta TTZ, 1 ta MTZ-80 rusumli traktorlar mavjud. Şu bois, yerlarni haydaş, ğöza qator oralariga işlov beriş, yetiştirilgan hosilni yiğiştirib oliş va omborlarga taşiş kabi işlarda qiyinçilik yöq hisobi.
Fermer xöjaligi pudratçi dehqonlari joriy yilgi kuzgi buğdoydan böşagan yerlarga takroriy ekin ekib, yuqori hosil yetiştirişning ham hadisini olişgan. Buğdoydan böşagan yerlarga ekilgan 1 gektar moş, 1 gektar soya ekinlari allaqaçon unib çiqib, dastlabki agrotexnik tadbirlar boşlab yuborildi. Şuningdek, buğdoy hosilidan böşagan yerlarning 2 gektariga sabzi, yana 1 gektar piyoz ekiş uçun tayyorlab qöyildi. 23 gektar yerdagi ğöza nihollari baravj rivojlanib, birinçi suvdan keyin soğlom hosil nişonalari soni kun sayin ortmoqda.
Xöjalikning boğdorçilik tarmoği ham yil sayin serdaromad sohaga aylanib borayotganidan pudratçi dehqonlar mamnun. 2017-yilda taşkil etilgan 8 gektarlik boğda Özbekiston iqlimiga mos 8 ming tupdan ziyod eng sara mevali daraxtlar mavjud. Uç yildan beri öz hosilini bera boşlagan mevazor boğning özidan har gektar hisobiga 8 mln. sömdan, yiliga 64 mln. söm daromad olayotganidan nafaqat el-u yurt va fermer xöjaligi raisi Qurolboy Japaqov, balki xöjalik işçilari ham birday manfaatdor.
Ayni kunlarda “Rajab-Japaq” fermer xöjaligi dalalarida ğöza nihollarini qondirib suğoriş, takroriy ekinlarni begona ötlardan tozalaş, mineral va mahalliy öğitlar bilan oziqlantiriş kabi agrotexnik tadbirlar amalga oşirilmoqda. Ğöza parvarişi bilan birga ekinlar parvarişi ham sifatli amalga oşirilmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶