TERMITLAR – ZARARLI HAŞAROTLAR
Termitlar bundan 200-yil oldin paydo bölgan haşarotlar bölib, uy suvaraklarining uzoq qarindoşi hisoblanadi. Ular tarkibida tsellyulozasi bölgan qurigan yoğoç, çirigan daraxt va ösimliklar tomirlari bilan oziqlanadi va ularga zarar keltiradi.
Termitlar juda yuqori rivojlangan jamoa holida yaşovçi haşarotlardir. Termitlarning çumoli va asalarilar örtasida köpgina umumiyliklar bor. Ular yerga qurilgan uyada yoki maxsus qurilmalarda köp ming zotlardan iborat bölgan katta jamoa hosil qilib yaşaydi. Jamoadagi termitlar bir neça rivojlaniş fazasi va tabaqalaridan iborat bölib, ular taşqi körinişi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiluvçi işçilar, askarlar va jinsiy individlardan iboratdir. Uyada bir juft erkak va urğoçi termit bölib, ularni odatda “şoh” va “malika” deb yuritiladi.
Termitlar öta oçofat bölib, tabiiy şaroitda asosan ösimliklar bilan oziqlanadi. Lekin ularning eng yaxşi körgan neʼmati işlov berilgan daraxtdir. Ular yer ostidan boşlab, yuqoriga harakatlangan holda yölida uçragan barça buyumlarni, tayanç ustunlar, eşiklar, deraza romlarini ham yeb ketaveradi. Eʼtiborlisi, bu vaqtda ana şu buyumlarning taşqi körinişi özgarmaydi. Ammo bir kun kelib, mustahkam va puxta qurilgan bino vayronaga aylanişi mumkin. Agar termitlar soni köpayib ketsa, ular boğlar, tomorqalar va hatto butun qişloqlarga ham zarar keltirişi mumkin.
Termitlar suv bostirib yöqotiş usuli orqali yoki zaharli va patogenli xöraklar berilsa, ular populyatsiyasi töliq yöqotiladi. Olimlarning eʼtirof etişlariça, XX asrning ikkinçi yarmidan qöllanilayotgan bunday çoralar davomida termitlar «malika»sini yöq qiliş möljallanmagan edi. Yaʼni, zararkunanda «malikasi» yer osti suvlarining sathiga qarab, turli çuqurlikda (2,5-16 m.) hayot keçiradi va har bir daqiqada 30 dona, bir sutkada esa 42500 donagaça tuxum qöyadi. Yangi texnologiyada esa xöraklarni (zaharli yoki patogen) işçi termit bir-biriga oğzi orqali yedirib, uni suyultirgan holda malikasiga ham yetkazadi va şu tufayli haşarotlar oilasi qirilib ketadi.
Dezinfektsiya stantsiyalari aholi yaşaydigan uy-joylarda, ijtimoiy soha obʼektlarida, korxona va taşkilotlarda hamda madaniy-tarixiy obidalarda termitlarga qarşi kuraşiş va profilaktik çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶