TÖLQIN OVULIDA MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGIDA YoŞLARGA “OMMAVIY MADANIYaT”NING ZARARLI TAʼSIRI TUŞUNTIRILMOQDA
Yoşlarning taʼlim-tarbiyasida oila va taʼlim muassasasi bilan birgalikda mahallaning ham örni, taʼsiri katta. Xalq orasidagi “Mahalla – ham ota, ham ona” degan gap bejizga aytilmagan. Özaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va anʼanalar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yoş avlodning ongu-tafakkurini şakllantirişda, ularni yot ğoyalar, “ommaviy madaniyat” taʼsiridan asraşda muhim ahamiyatga ega.
15-yanvar kuni amunews.uz veb-sayti tahririyatining “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida hududda fuqarolar yiğini, taʼlim muassasalari va oilalar hamkorligida yoşlar tarbiyasi borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida Amudaryo tumanining Tölqin ovuliga taşrif buyurdik.
Ovuldagi 33-sonli maktabda bölib ötgan davra suhbati davomida bu borada yölga qöyilgan çora-tadbirlar, ularning samarasi, erişilgan natijalar va kelgusidagi rejalar töğrisida söz yuritildi. Tadbirda tumandagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli grant loyihasi ijroçilari, fuqarolar yiğini masʼullari, maktab maʼmuriyati va ota-onalar, öquvçi-yoşlar iştirok etişdi.
Tadbirda dastlab grant loyihasi ijroçilari tomonidan rejaga muvofiq amalga oşirilayotgan tadbirlar xususida maʼlumotlar berilib, keng töxtalib ötildi. Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlar, yaʼni yoşlar örtasida turli zararli illatlarga berilişning oldini olişga qaratilgan mavzulardagi maqolalar, yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga hissa qöşiş maqsadida ularni kitobxonlikka jalb etiş, ötkazilayotgan tanlovlar, faol qatnaşayotgan yoşlar haqida söz yuritildi.
Şundan söng, maktab direktori Islom Saʼdullayev fuqarolar yiğini, maktab va ota-onalar bilan hamkorlikda yoşlar tarbiyasini töğri yölga qöyiş borasida olib borilayotgan işlar töğrisida maʼlumotlar berdi. Şuningdek, fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotoyeva, maktab psixologi Manzura Saparboyeva, ota-onalardan Ikrom Yesamurodovlar hamkorlikda samarali natijalarga erişilayotganini eʼtirof etişdi.
Tadbir davomida sönggi davrlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida butun dunyoga keng tarqalayotgan maʼnaviy va axloqiy buzuqlik yoşlarimizning dunyoqaraşiga ham jiddiy xavf solayotgani, axloqiy buzuqlik, zöravonlik, individualizm, egotsentrizm kabi yot va buzğunçi ğoyalarni internet orqali yoşlar ongiga singdirişga uriniş kuçayib borayotgani açiniş bilan tilga olindi.
Yigit-qizlarimizni ularning taʼsiridan asraş uçun mahallalarda bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni atrofliça tahlil qila oladigan mutaxassislarni jalb etgan holda yoşlar uçun öquv soatlari taşkil etiş kerakligi, toki, bunday tadbirlar milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bölgan ğoya va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini oçib beriş lozimligi töğrisida söz yuritildi. Bu esa fuqarolarimizning qalbida milliy tafakkur va soğlom dunyoqaraş asoslarini mustahkamlaşda alohida ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Davra suhbati tarzida ötkazilgan tadbir davomida voyaga yetmaganlar nazoratida oila, mahalla, maktab hamkorligini yölga qöygan holda bolalarning ijtimoiy ahvolini örganiş, jinoyat sodir etişga moyillarini aniqlab, soğlom muhitga qaytariş uçun tegişli çora-tadbirlar belgilaş, uşbu jarayonda xizmat intizomi va qonunçilikka oğişmay amal qiliş lozimligi bugungi kun talabi ekanligi aytib ötildi.
Grant loyihasi doirasida ötkazilgan tadbir davomida kelgusi rejalar xususida ham töxtalib ötildi va yoşlarni jalb etgan holda ularning tarbiyasiga ijobiy taʼsir körsatuvçi tadbirlarni muntazam ravişda ötkazib borişga kelişib olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶