Tumanda ğalla örim-yiğimi oldidan körgazmali seminar bölib ötdi
Ğalla – rizq-rözimiz, non – dasturxonimiz körki, fayzi hisoblanadi. Şu sababli ham dehqonlarimiz ğallaçilikda hosildorlikni oşiriş, el-yurtimiz dasturxoni tökinligini taʼminlaşga doimiy eʼtibor qaratib kelişadi. Ayniqsa, amudaryolik ğallakorlar har yili möl hosil olib, yuksak xirmonlari bilan mamlakatimizda peşqadamlar safida kelmoqda.
Bu yil ham tuman fermerlarining dalalarida möl hosil yetiştirildi. Tumanda 344 ta fermer xöjaliklari hamda qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan ötgan yil kuzda 6 ming gektar maydonga sara buğdoy uruğlari qadalgan bölib, ğallaçilik klasterlari bilan don yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzildi.
Buğdoy uruği qadalganidan tortib, ğalla hosili pişib yetilguniga qadar barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida va sifatli amalga oşirildi. Natijada dalalarda möl hosil töplandi. Yetiştirilgan möl hosilni qisqa fursatlarda nes-nobud qilmay örib-yiğib oliş maqsadida barça harakatlar izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
9-iyun kuni tumanning Qipçoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xöjaligida joriy yilgi ğalla örim-yiğimi mavsumi boşlanişi munosabati bilan körgazmali seminar bölib ötdi.
Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri Zohid Ziyadullayev, “Qipchoq g‘alla klaster” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Bahrom Yöldaşev, qişloq xöjaligi bölimi masʼullari, fermer hamda mexanizatorlar qatnaşdilar.
Seminar avvalida yoşi uluğ otaxonlar ğalla maydonlarida yetiştirilgan buğdoy navlari bu yil har yildagidanda özgaça hosil yiqqanini taʼkidlab, yurtimizda möl-kölçilik, tökin-soçinlik dasturxonlarimizda noz-u neʼmatlar bisyor bölişini tilab duo qildilar. Qolaversa, bobodehqonlarga oldidagi maşaqqatli, şu bilan birga şarafli işlarida kuç-quvvat tiladilar.
Şundan söng seminar iştirokçilariga 16-iyundan 5-iyulgaça davom etadigan örim-yiğim mavsumida amalga oşiriladigan işlar böyiça çora-tadbirlar dasturi keng turda tuşuntirildi.
Seminarda taʼkidlanganidek, tumanimizda don qabul qiliş şaxobçasi tomonidan joriy yilda jami 8 ming 960 tonna boşoqli don ekinlarini qabul qiliş reja qilingan. Uşbu işlarni uyuşqoqlik bilan, tizimli ravişda amalga oşiriş maqsadida ştab taşkil qilinib, 17 ta örim otryadlariga 18 ta kombaynlar biriktirildi.
Bugungi kunda kombayinlar örim yiğim mavsumiga tayyor holatga keltirildi hamda mavsum davomida uzluksiz işlaşini taʼminlaş uçun ehtiyot qismlar zahiralari yaratildi. Kombaynlar bilan bir qatorda mavsumda don taşişga möljallangan hamda xizmat körsatadigan texnikalar ham jalb qilinib, ularning ham mavsum davomida töliq işçi holatida bölişini taʼminlaş çoralari körildi.
Qolaversa, mavsum davomida kombayn haydovçilariga yetarli şart-şaroit yaratib beriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, moddiy rağbatlantiriş masalalari ham alohida eʼtiborga olindi.
Şuningdek, tumanda oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholini qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan muntazam ravişda taʼminlaş maqsadida ğalla maydonlaridan böşaydigan yerlarnining 1 ming 997 gektariga takroriy ekinlar ekiş reja qilinganligi qayd etib ötildi.
Seminar yakunida ğalla maydonlarida örim-yiğim oldidan yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş, ğallaning isrof bölib örilişiga yöl qöymaslik, örilgan ğalla maydonlaridagi somonlarni yoqmaslik borasida fermer xöjaliklarining mutasaddi xodimlariga, ğallakor va mexanizatorlarga tuşuntirişlar berib ötildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶