3-sektor rahbariyati tomonidan Qizilçoli mahallasida sayyor qabul ötkazildi
Inson manfaati – eng oliy qadriyatdir. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar negizida ayni maqsad ustuvor öringa qöyilayotgani joylardagi özgarişlarda yaqqol sezilmoqda. Binobarin, odamlarni rozi qiliş, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yölidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda.
Ayniqsa, aholi muammolarini yeçişning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratiş maqsadida davlat organlari va korxona-taşkilot rahbarlarining xalq orasiga kirişini taʼminlaydigan sayyor qabullar odamlar hayotida muhim örin tutmoqda. Buni Amudaryo tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan ötkazib kelinayotgan sayyor qabullar misolida ham körişimiz mumkin.
19-may kuni tumanning Qizilçoli mahallasi hududidagi 9-sonli umumiy örta taʼlim maktabi binosida 3-sektor masʼullarining navbatdagi sayyor qabuli bölib ötdi.
Unda tuman 3-sektor rahbari, tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov, tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov hamda tegişli korxona va taşkilot masʼullari iştirok etdi.
Dastlab, tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov tomonidan mahalla institutining ustunlari hisoblangan mahalla raisi, hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli va yoşlar yetakçisining faoliyat yönalişlari tahlil qilindi.
Şuningdek, mazkur lavozim egalariga mahallalarda “xonadonbay” va “fuqarobay” işlaş böyiça tavsiyalar berib ötildi.
Şundan söng, tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov mahallalarda yangidan joriy qilingan hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi muammolarni joyida hal qilayotganligini eʼtirof etib, buning natijasida tuman Xalq qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar sezilarli darajada kamayganligini aytib ötdi. Şu barobarida Xalq qabulxonasiga kelib tuşayotgan birorta ham murojaat heç qaçon eʼtibodan çetda qolmasligini, iloji boriça ijobiy yeçim topişini taʼkidladi.
Şuningdek, tumanimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro uçun, tuman Xalq qabulxonasi eşiklari doimo oçiqligi, har bir fuqaro öz muammolari bilan bemalol murojaat qilişlari mumkinligini aytib ötdi.
Şundan söng, aholining muammo va takliflaridan iborat murojaatlari tinglandi.
Uçraşuv davomida aholidan kelib tuşgan har bir murojaat atrofliça örganilib, tegişli sohaviy taşkilot rahbarlariga murojaatlarni öz vaqtida, adolatli va xolis körib çiqiş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi hamda ijrosi sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.
Bunday uçraşuvlarning ötkazilişi aholining turmuş farovonligini yanada yaxşilaş, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etiş orqali xalqni rozi qiliş uçun xizmat qilişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu taşvişi bilan yaşaş eng asosiy maqsad bölib, uning röyobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yaşnaşiga, fuqarolarning tinç, osuda, farovon hayot keçirişlarini taʼminlaşga xizmat qilib kelmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶