TUYĞULAR SATRLARGA KÖÇGANDA
Tumanimiz aholisi ijodkorlik salohiyatiga juda boy. Ayniqsa badiiy ijod bilan şuğullanuvçi hamyurtlarimiz köpligi bilan doimo faxrlanamiz.
Tumanimizda ijodkor insonlarni elga taniştiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş uçun barça imkoniyatlar mavjud. Tumanimizda çop etilayotgan “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalarining har bir sonidagi alohida sahifada tumanimiz ijodkorlarining şeʼr va hikoyalari yoritib borilmoqda. amunews.uz veb-sayti orqali şeʼr va hikoyalar, yangi-yangi xabarlar muxlislar eʼtiboriga havola etilmoqda. Amudaryo televideniyesi orqali tumanimizda faoliyat yuritayotgan ijodkorlar, sanʼatkorlar haqida körsatuvlar tayyorlab borilmoqda. Bundan taşqari “Taraqqiyot közgusi” gazetasi qoşida naşriyot taşkil etilib, tumanimiz ijodkorlarining kitoblari bosilib çiqmoqda. Yaqindagina kitobxonlar qöliga yetib borgan yangi kitoblar sözimizning isbotidir. Bugungi kunda bir neça kitoblar muallifiga aylangan tajribali ijodkorlar Saʼdulla Xöjaniyozov, Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasov, Robiya Yöldoşeva, Oygul Rajabova, Zulfiya Allayarova, Şomurod Xöjanov, Xudoybergan Jumamurodovlar kitobxonlarga yaxşi tanişdir. Ularning izdoşlari bölib Gulnora Yusupova, Alişer Ahmedov, Tursunoy Kenjaboyeva, Barno Samandarovalar şeʼriyat ixlosmandlariga tanilmoqdalar.
Ularning qalamiga mansub turli janrlardagi şeʼr va hikoyalar keng kitobxonlar ommasiga manzur bölmoqda.
Quvonarli joyi şundaki, tumanimizning ijodkorlari tez-tez muloqotlar ötkazib, ajoyib şeʼrxonlik davrasini uyuştirib kelmoqdalar. Bunday davralar haqiqiy ijod bayramiga aylanib ketadi. Tuyğular satrlarga köçib dillarga olam-olam zavq bağişlaydi.
Navbatdagi ijodiy davra suhbati “Jayxun ilhomlari” nodavlat notidorat taşkilotida bölib ötdi. Davra suhbatini Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoir Saʼdulla Xöjaniyozov kiriş sözi bilan oçdi hamda boşqarib bordi.
Özining “Yangi yil hislari”, “Tilagim”, “Xayolim”, “Şunda seni izlarman” şeʼrlari bilan davrani tajribali qalamkaş Gulçehra Otaboyeva boşlab berdi. Xotira kuniga bağişlangan dil sözlari, Vatan beşigi qadri, öğil-qizlar, nabiralar kelajagi uçun ezgu tilaklarga boy şeʼriy satrlar barçada ulkan taassurot uyğotdi.
Şoir Tursunboy Abdullayevning “Afğonçi yigit” şeʼri şahid yigitlar haqidagi qayğuli xotiradir. “Onam menga aylanayin demabdi” şeʼri beğubor, şöx bolalik haqida bölsa, boşqa şeʼrida özni manmanlikdan asraş, noörin sözdan tilni tiyiş, eʼtiqod-iymon, taqdir-hayot haqida söz yuritadi.
Tuman xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 27-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinf öquvçsi Tursunoy Kenjaboyeva bugungi kunda barçaga taniqli ijodkor bölib yetişdi. U davra qatnaşçilariga özining taʼrifi bilan aytganida “qalbi daryo”, qalbi töla ustozlari haqida “Ustozlar” şeʼrini öqib berdi. Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan şeʼrida esa botir bobolar ruhi, Vatan uçun kuraşgan insonlarni uluğlaydi.
Taniqli ijodkor Ahmad Nafasov qalamiga mansub şeʼrlar köngildagi his-tuyğular, içki dard, baxt osmonda emas – yerda, orzularga yetiş umidi, odamlar örtasidagi mehr-oqibat, keksalik gaşti, uyğoniş davri, hayotdagi imkoniyatlar, Özbekistonni gullab yaşnatiş yölidagi orzularga boy tuyğular bilan yöğrilgan.
Bir neça şeʼrlar va hikoyalari jamlangan kitoblar muallifi Gulnora Yusupova özining “Ustozimga” şeʼrida ijod yölidagi ustozi Saʼdulla Xöjaniyozovga “Yurak qöri sönmasligini, qalami qayrilmasligini” tilaydi. Ustozining ijod yöliga havas qilib yozgan “Meni keçir” nomli fardlar turkumini öqib berdi.
Şomurod Xöjanov – oddiy va samimiy, xalq yölida yozilgan jöşqin şeʼrlari bilan ijodkorlar orasida öz uslubiga ega ijodkor. U buyuk ğalabaning 77 yilligiga bağişlangan “Xotira” şeʼrida “Uruş sözi luğatdan öçsin” deya tilak bildiradi. “Quvonma” şeʼrida esa umrni bekor ötkazma, ortiqça mol-dunyo yiğma, yaxşi-yomonni, umr mazmunini anglay bil degan fikrni ilgari suradi.
Tumanimizdagi 37-sonli umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça tarğibotçisi Mohimjon Bobojonova davra suhbatining mehmoni bölib, mazkur maktabdagi ijodiy jarayon, ijodkor öquvçilar haqida gapirib berdi va ulardan ikki nafar yoş ijodkor qizlarni davra iştirokçilariga taniştirdi.
Şu maktabning 6-sinf öquvçisi Feruza Aminboyeva öz şeʼrlarida “Şoira böliş emas orzuim, oddiy inson bölgim keladi” deydi. Yana... bir kun gul bölaman, hozir gulğunça” deydi u. “Muhammad Yusufga” şeʼrida “Men buyuk şoirsan, Muhammad Yusuf”, “Ustoz” şeʼrida “Ustoz otangday uluğ” deb eʼtirof etadi. Uning “Bulutli yomğir şeʼrida gözal tabiat taʼriflangan.
37-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi Durdona Norimbatova özining “Vatan”, “Zulfiya xonimga” nomli şeʼrlarini öqib berdi. U öz tengdoşlarini ilm-hunar örganişga, yoşlarga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanişga çaqiradi öz şeʼrlarida. Bu yoruğ kunlarni körolmay şahid ketgan insonlar xotirasini asrab-avaylaşga çaqiradi barçani.
Bu yoş ijodkorlar tinmay öqib-izlansalar, kelajakda yetuk ijodkorlar bölişiga barça umid bildirdi.
Tumanimiz ijodkorlari orasida turli kasb egalari bor. Taniqli şoir-ijodkor Tojiboy Dösanovning kasbi – köz şifokori. Köp yillardan buyon “Hayratiy” taxallusi bilan şeʼrlar bitadi. U öz ijodida şeʼr qudratini yuqori baholaydi. Tojiboy Dösanov hayotga mehr, ötgan umrdan şukronalik, mamnunlik, ustozlarga hurmat hislari ufurib turgan “Yangi Özbekiston bolalari” “Yurtda uluğlandi ustoz muallim”, “Tuğilgan kunim” sarlavhali şeʼrlarini davra iştirokçilariga inʼom qildi.
Ustoz ijodkor Saʼdulla Xöjaniyozov ijodkorlarning bugungi kundagi faoliyatlariga yuqori baho berar ekan, şu bilan bir qatorda ijodkorlar oldidagi masʼuliyatli vazifalarga ham töxtalib, ijodiy yönalişlar böyiça özining qimmatli maslahatlarini berib ötdi. Uning “Mömin bola edim” şeʼrida hayot muşkullari, insonning bu yölda goh ğolib, goh mağlub bölsa ham egilmasligi, inson umrining sinovlari, taşvişlari bayon qilinadi.
Davra suhbati mehmoni Özbekiston milliy tiklaniş partiyasi tuman Kengaşi raisi Şirin Yangiboyeva tuman ijodkorlarining işlarida yutuqlar tilab, özining bolalikdan şeʼriyatga qiziqişlari, orzular röyobi uçun intilişlari, şeʼriyatning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati, yoşlarga ustozlarning örnak bölişi lozimligi haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.
Gulnora Yusupova özining “Satrlar ifori” kitoblarini ijodiy keçaning umidli, yoş ijodkorlariga sovğa qildi.
Tuyğular satrlarga köçgan bu ijodiy keça barçaning qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Qolaversa, bunday ijodiy keçalar yoş ijodkorlar uçun mahorat maktabi, ijod yölidagi asosiy yönaliş bölib xizmat qilişi tabiydir.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶