40-SONLI MAKTABDA MUHAMMAD YuSUF TAVALLUDINING 68 YILLIGI KENG NIŞONLANDI
Özbek xalqining sevimli farzandi, Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf ijodi va uning betakror, jöşqin şeʼriyati bugungi kunda nafaqat özbek xalqining, balki butun Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Özbek şeʼriyatining rivojiga juda katta hissa qöşgan nodir isteʼdod sohibi Muhammad Yusuf qalamiga mansub haroratli misralar bu şeʼriyat bilan oşno bölgan har bir qalbga ona Yurt, Vatan suratini çizgani, kindik qoni tomgan aziz tuproqqa sönmas mehr tuyğusini uyğota olgani bilan millionlab insonlar uçun qadrlidir. Şu bois, garçi şoirning özi bugun oramizda bölmasa-da, har yili 26-aprel sanasi uning nafaqat tavallud topgan kuni, balki ona Vatan tuyğusini öz şeʼriyati bilan yuksak pardalarda kuylagan çinakam xalq şoirini uluğlaş, xotirasini qadrlaş kuni sifatida butun mamlakatimizda keng nişonlanadi.
Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham xalqimizning sevimli farzandi, Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bağişlangan adabiy-musiqiy xotira tadbiri bölib ötdi.
Maktabning tantanalar zali şoir hayoti va ijodiga bağişlangan körgazmali vositalar, şoir kitoblari, şuningdek, bolaligi va yoşlik davrlari, jöşqin ijodiy faoliyati aks ettirilgan suratlar, körgazmali vositalar bilan bezatilib, katta ekranda Muhammad Yusufning özi hayot davrida tarixga muhrlangan şeʼriyat davralaridagi, davlat tadbirlaridagi çiqişlari, adabiy jarayonlardagi faoliyati xususidagi lavhalar namoyiş etib borildi.
Şoir xotirasiga bağişlangan adabiy-musiqiy tadbirni maktab direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurodova oçdi va barça şeʼriyat şaydolariga uşbu sananing özbek xalqi va adabiyoti uçun öta muhimligi, qisqa umri davomida xalqimizga ulkan maʼnaviy meros qoldirgan, Özbekiston deb atalmiş gözal va betakror zaminni butun jism-u joni bilan sevgan hamda betakror şeʼrlariga muhrlagan Muhammad Yusuf nomi yetti yoşdan yetmiş yoşgaça har bir yurtdoşimiz uçun qadrli ekanligini taʼkidladi.
Şundan söng, tadbirda maktab öquvçilari tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari namoyiş etildi. Unda Muhammad Yusufning xokisor, munis va mehribon onasi, yaqinlari, döst-u birodarlari, oilasi, farzandlari va şogirdlari bilan bölgan yuksak insoniy munosabatlari, intiliş va izlanişlari, orzulari yölidagi maşaqqatli mehnat damlari işonarli tarzda oçib berildi.
Tadbir mehmoni, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoira Robiya Yöldoşeva Muhammad Yusuf bilan boğliq xotiralari haqida sözlab, şoirning deyarli barça şeʼrlari özbek adabiyotining, xalqimizning bebaho mulki ekanligini taʼkidladi.
U şoir hayoti va şaxs sifatidagi ezgu fazilatlari haqida gapirarkan, Özbekiston Qahramoni, xalq yozuvçisi Said Ahmad aytganiday, garçi Muhammad Yusuf jisman oramizda bölmasa-da, Muhammad Yusuf deb atalgan buyuk Şeʼriyat borligini, bu şeʼriyat har bir qalbda mangu yaşaşini taʼkidladi.
Tadbir davomida öquvçi-yoşlar şoir şeʼrlarini maroq bilan öqidilar, Muhammad Yusuf şeʼrlari bilan aytiladigan qöşiqlarni ijro etdilar. Taniqli xalq hofizlari tomonidan kuylangan, xalqning betakror maʼnaviy mulkiga aylangan aşulalarga raqsga tuşdilar. Tadbirning har bir lahzasida şoir şeʼrlari yangrab turdi va özbek xalqining ardoqli farzandi ijodiga, porloq xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom körsatildi.
R.Anorov, M.Şomurodov olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶