62-SONLI MAKTABDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Yurtimizning barcha hududlarida milliy bayramimiz Navroʻzi olam keng nishonlandi. Turli tadbirlar, katta sayillar oʻtkazilib, mamlakatimiz aholisiga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
62-sonli maktabda ham Navroʻz bayramiga bagʻishlab, katta tadbir oʻtkazildi. Tadbirda oʻquvchilar tomonidan milliy, mumtoz qoʻshiq va raqslar, milliy sport oʻyinlari va xalq ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan laparlar ijro etildi. Tadbirga ramziy maʼnodagi Bahoroy, Navroʻzoy va Dehqonbobo tashrif buyurishdi. Dehqonbobo boshlanajak bahorgi ishlarga omad tiladi va yerga ketmon urib, don sochdi.
Milliy udumlarimizdan boʻlgan kelin salom, yor-yorlar ham ijro etildi. Koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan bayram barchaga manzur boʻldi.
Shoira Oʻrazmetova, 62-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶