22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:23
Siyosat 👁 223

“Adolat” SDP deputati oʻz saylovchilari bilan uchrashdi

“Adolat” SDP deputati oʻz saylovchilari bilan uchrashdi

Bugun hayot shiddat bilan oʻzgarib, kundan-kunga ol­dimizga yangi talablar qoʻymoqda. Ana shunday bir vaziyatda xalq vakili boʻlgan deputat hayotni ziyrak boʻlib kuzatib borishi, oʻylashi, aholini tashvishlantirib kelayot­gan masalalarni hal etish choralarini doimiy izlashi kerak.

 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Akbar Rajapov ham oʻz deputatlik burchini his qilib oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarmoqda. Deputat 28-“Daryo boʻyi” saylov okrugidan tuman Kengshi deputatligiga saylangan kundan eʼtiboran aholi muammolari bilan tizimli ravishda ishlab kelmoqda.

 Bugun deputat tomonidan hududlarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar hamda uchrashuvlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Sababi, aholi muammolarini joylarga chiqqan holda oʻrganish, ular bilan yuzma-yuz koʻrishib murojaatlarini tinglash qolaversa, fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilishlarida qulayliklar yaratish har qachongidan ham muhim va dolzar ahamiyat kasb etadi.

4-mart kuni deputat Akbar Rajapov hamda partiyaning deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan Besh tom mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mahalla raisi Ozod Seytimov, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi Jasur Yermetov, Yoshlar yetakchisi Husan Ashirbayevlar ham qatnashib aholining muammo va takliflaridan iborat murojaatlarini tinglashdi.

Uchrashuv davomida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni istagan fuqarolardan Bozorgul Saparova aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash istagi borligini bildirib, suv tozalovchi uskuna olishda amaliy yordam berilishini, Oʻrozbika Oʻtamuratova imtiyozli kredit ajratilishi boʻyicha, hamda Oʻrazimbat Saparniyazov yer ajratilishi masalalarida murojaat qilishdi. Murojaatlar deputat tomonidan qayd etib borildi. Hamda tegishli tartibda tushuntirishlib tez kunda hal etilishiga kelishib olindi.

Shundan soʻng, mahalla hududida yashovchi fuqarolar tomonidan ekin yerlarini sugʻorishda muammolar mavjudligi boʻyicha murojaat kelib tushdi. Deputat tomonidan shu yerning oʻzida tegishli chora −tadbirlar ishlab chiqilib texnik vositalar jalb qilindi hamda ariqlar tozalanib oqova suv yoʻli kengaytirildi.

Bundan tashqari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi aʼzolari ham “Temir daftar” va “Ayollar daftari” da turuvchi Qurol Bekenov, Flyura Xolbayeva, Nodira Jumaniyazova, Gulasal Kamalova hamda Gulbahor Xolimbetovalar holidan xabar olib 1 qop un tarqatishdi. Fuqarolar koʻrsatilgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan mamnun boʻlishib deputatlarga minnaddorlik bildirishdi.

Shu kunga qadar aholining turmush darajasini koʻtarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining huquqiy muhofazasini taʼminlash borasida partiya tashabbusi bilan koʻplab takliflar kiritilib kelingan. Partiyalardan tuman Kengashiga saylangan barcha deputatlar oʻz dasturlaridan kelib chiqib oʻz faoliyatlarini samarali tarzda amalga oshirishmoqda.

Shu oʻrinda aytish kerakki, har bir siyosiy partiya oʻzgacha qarashlar va tamoyillarga asoslansa ham, ular asosiy maqsad − Vatan ravnaqi yoʻlida birlashadilar.

Oʻ.Yuldashev, “Adolat ” SDP Amudaryo tuman Kengashi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026