21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:58
Iqtisodiyot 👁 505

TANIQLI BIZNESMEN ALIShER QULTAYeV TUMANIMIZ TADBIRKORLARIGA BIZNES-TRENING OʻTDI

TANIQLI BIZNESMEN ALIShER QULTAYeV TUMANIMIZ TADBIRKORLARIGA BIZNES-TRENING OʻTDI

Ota-bobolarimizdan qolgan “Argʻamchiga qil - quvvat” degan gap bor. Bu biron ishni boshlayotgan odamga bir ogʻiz shirin soʻz ham madad, deganidir. Chunki shu bir ogʻiz shirin soʻz insonga ulugʻ ishlar qilishiga ishonchini uygʻotib, yanada intilishiga, izlanishiga ragʻbat boʻladi.

Biroq shu narsa aniqki, bugungi kunda ham zamonaviy biznesmenlar xodimlarni boshqarishda, ular faoliyatining samaradorligini oshirishda necha oʻn yillardan buyon amal qilib kelinayotgan usul, yaʼni mukofot va jarima usullaridan foydalanishmoqda.

Keyingi yillarda dunyoda, xususan mamlakatimizda oʻz biznesini muvaffaqiyatli boshqarayotgan rahbarlar toʻgʻri berilgan motivatsiya orqali ish samarasini koʻzlagan darajaga olib chiqishmoqda. Umuman, inson hayotida oʻz karʼerasini rivojlantirish uchun ham, endigina faoliyatini boshlagan tadbirkor uchun ham, tajribali biznesmenlar uchun ham motivatsiyaning oʻrni juda muhim ekanligini bugungi tezkor hayotning oʻzi yaqqol koʻrsatib bermoqda.

16-fevral kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida tumanimizdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, ishbilarmon sifatida ish boshlash istagida boʻlganlar uchun taniqli biznes-trener Alisher Qultayev tomonidan biznes trening oʻtkazildi.

Tadbirkorlik sohasida 9 yillik tajribaga ega biznesmen, 2 oylik biznesni rivojlantirish kursi muallifi, Business Drive, kitapp uz kabi bir necha loyihalar asoschisi boʻlgan Alisher Qultayev biznes treningda “Savdoni oshirishning effektiv usullari” mavzusida, tadbirkorlikda motivatsiyaning oʻrni xususida yigʻilganlarga qiziqarli maʼruza qildi.

Notiqning taʼkidlashicha, shaxsiy hayotda ham, biznesda ham motivatsiyaning oʻrni juda katta. Biznes uchun avvalo puxta ishlangan loyiha va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oʻz-oʻziga ishonch lozim. Bunga qanday erishiladi? Biznes treningda aynan shular haqida soʻz bordi. Shuningdek, tadbirga yigʻilganlar bilan savdoni oshirish yoʻllari, ular faoliyatidagi muammolari, bartaraf etish yoʻl-yoʻriqlari xususida samimiy suhbatlashdi.

Tan olish kerak, bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar uchun koʻpgina imkoniyatlar yaratilgan. Ularning tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtishidagi byurokratik ovoragarchiliklarga barham berildi, faoliyatini boshlashlari uchun imtiyozli kreditlar berilayapti. Biroq nega bu faoliyatga kirib kelgan insonlarning hammasi ham oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib keta olmayapti? Nega tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganlar hademay faoliyatlarini yakunlab qoʻymoqda?

Biznes treningda bu haqda batafsil maʼlumotlar berildi va biznesni muvaffaqiyatli yuritish yoʻl-yoʻriqlari aniq misollar bilan tushuntirildi.

Tadbirkorlar, biznesga qiziqishi bor yoshlar Alisher Qultayevga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, tegishli javoblar oldilar.

Taniqli biznesmenning tadbirkorlik yuritish borasidagi darsi ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026