Ekinlar uruğçiligini yetiştiriş huquqiga ega böliş uçun tanlov ötkaziladi
2022-yil hosili uçun fermer xöjaliklari örtasida uruğlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boşqa ekinlar uruğçiligini yetiştiriş uçun tender tanlovi ötkaziladi.
Tanlov eʼlon qilingan kundan boşlab, 25-fevral kuniga qadar Amudaryo tumani qişloq xöjaligi bölimi binosida 2022-yil hosilidan uruğlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boşqa ekinlar uruğçiligini yetiştiriş huquqini qölga kiritiş uçun tanlovda qatnaşiş istagini bildirgan subʼektlarning hujjatlari qabul qilinadi. Tender tanlovi hujjatlarni qabul qiliş yakunlangandan söng, 26-fevraldan 1-martga qadar tuman hokimligi binosining 2-qavatida ötkaziladi.
Tanlovda qatnaşiş istagini bildirgan fermer xöjaliklar rahbarlari quyidagi hujjatlar töplamini 2 nusxada tuman qişloq xöjaligi bölimida tuzilgan tanlov komissiyasiga 25-fevralgaça taqdim qilişlari söraladi:
1. Tender komissiyasi nomiga ariza
2. F/x nomidan tilxat
3. Kadastr agentligi tumani bölimi maʼlumotnomasi
4. Fermer xöjaligi, rahbari va işçilari töğrisida maʼlumotnoma
5.Tuman Irrigatsiya bölimi maʼlumotnomasi
6.Ösimliklarni himoya qiliş va karantin agentligi tuman bölimi maʼlumotnomasi
7.F/x rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti töğrisida hujjat (diplom nusxasi)
8.F/x rahbarining qişloq xöjaligi sohasidagi iş stajini tasdiqlovçi hujjatlar (mehnat daftarçasi va boşqa hujjatlar)
9.F/xda işlayotgan uruğçi hosilotning maʼlumoti töğrisidagi hujjat (diplom nusxasi)
10.Majburiyatdan ozod pul mablaği töğrisida tegişli bank tomonidan beriladigan maʼlumotnoma
11.Tuman texnazorat inspektsiyasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma hamda texpasport nusxasi
12.Kontraktatsiya şartnomasining bajarilişi böyiça tuman MÇJ «Amudaryotex» XK klasteri tomonidan berilgan maʼlumotnoma
13.Sönggi 3-yil içidagi paxta hosildorligi böyiça MÇJ «Amudaryotex» XK klasteri tomonidan beriladigan maʼlumotnoma.
Murojaat uçun telefonlar: 61-515-32-75
Amudaryo tumani qişloq xöjaligi bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶