Har dilda istiqlol şukuhi
Yurtimizda bayramlar, qutluğ sanalar köp. Biroq xalqimizning asriy orzularini röyobga çiqargan, öz erki, dini, özligini qaytarib bergan istiqlol bayramining mazmun-mohiyati juda teran.
Bugun yurtimizda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalik, barça jabhalarda qölga kiritilayotgan yutuqlar, farovonlik, obodlik zamirida istiqlolimiz bergan imkoniyatlar mujassam ekanligi barçamizga ayon.
Şu boisdan ham butun mamlakatimizda mustaqillikka erişilgan kun eng uluğ, eng aziz bayram sifatida keng nişonlanadi.
Mazkur sana munosabati bilan tumanimizning barça ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida istiqlolni uluğlovçi tadbirlar bölib ötdi. 29-avgust kuni Manğit şahridagi Bolalar sport majmuasida butun tumanimiz mehnatkaşlarining "Yagonasan, muqaddas vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxşida, gözal Özbekistonim!” deb nomlangan teatrlaştirilgan bayram tomoşasi bölib ötdi.
Tadbir oldidan tumanimiz fermer xöjaliklarida yetiştirilgan poliz ekinlari, sabzavotlarning, mevalarning, tadbirkorlarimiz tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarning körgazmasi bölib ötdi.
Bayram tomoşasiga taşrif buyurgan mehmonlar avval körgazma bilan tanişib çiqdilar. Usta hunarmandlarimiz, tadbirkorlarimiz yasagan uy-rözğor buyumlari, jihozlari ham tomoşabinlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Mehmonlar tomoşagohda karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Maydon uzra hilpirayotgan mustaqil davlat bayroqlari, milliy musiqamiz köngillarga istiqlol şukuhini teranroq joyladi, faxr-iftixor jöş urdi.
Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat madhiyalari ijrosidan söng, tuman hokimi R.Yöldoşev minbarga çiqib, yiğilganlarni, butun tumanimiz ahlini mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligi bilan tabrikladi. Tumanimizda mustaqillik yillarida amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik işlariga yuksak baho berib, mehnatkaşlarni yanada ğayrat-şijoat bilan işlab, tinçligimizni, farovonligimizni köz qoraçiğiday asraşga çaqirdi.

Şundan söng tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan teatrlaştirilgan bayram dasturi namoyiş etildi, xalqimizning milliy tomoşalariga keng örin berildi.

Bayram tantanasi barça iştirokçilarda çuqur taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶