Voyaga yetmaganlarning qişki taʼtil kunlarida qarovsiz qolişlarining oldini oliş maqsadida reydlar ötkazilmoqda
Içki işlar organlari tomonidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarning qarovsiz va nazoratsiz qolişining, huquqbuzarliklar sodir etişining oldini oliş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Amudaryo tumanda aholining umumiy soni 203 ming 600 nafar bölib, şundan voyaga yetmaganlar 74 ming 200 nafarni taşkil qiladi. Tuman Içki işlar bölimi huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor psixologlari bolalarning hamda voyaga yetmaganlarning qişki taʼtil kunlarida qarovsiz qolişlarining oldini oliş maqsadida taʼtil kunlarida jamoat joylarida reydlar ötkazmoqdalar.
Reydlar davomida voyaga yetmaganlarning jamoat joylarida tungi vaqtlarda maqsadsiz yurişlari, voyaga yetmaganlar mehnatidan noqonuniy foydalaniş va boşqa huquqbuzarliklar aniqlanib, tegişli çoralar körilmoqda.
Reydlarda ota-onalarga ham bolalar bilan boğliq kutilmagan vaziyatlarning oldini oliş, ayniqsa, agar ular kattalar nazoratisiz uyda qoldirilgan bölsa, ularning xavfsizligini taʼminlaş böyiça tavsiyalar berilmoqda.
Maʼlumot tariqasida aytiş kerakki, dunyo miqyosida sodir etilayotgan jinoyatlarning öndan biri hali voyaga yetmagan bolalar hissasiga töğri keladi. Şu sababli voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Ötgan 2021-yil davomida voyaga yetmaganlar işlari böyiça Amudaryo tumani idoralararo komissiyaning 12 ta majlisi ötkazilgan bölib, ularda voyaga yetmagan öquvçilarning taʼlim olişi, voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlar, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini taʼminlaş yuzasidan jami 12 ta masalalar körilgan.
Komissiya majlislarida 94 ta işlar körilgan bölib, ularning 10 tasini huquqbuzarlik va ğayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan körilgan işlar, 1 tasini taʼlim muassasasi maşğulotlariga sababsiz kelmagan yoki muntazam ravişda qatnaşmayotgan voyaga yetmaganlarga nisbatan körilgan işlar va 83 tasini voyaga yetmaganlarni taʼlim muassasasi öquvçilari safidan çiqariş haqidagi işlar taşkil qilgan.
Ötgan yil davomida voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 47-moddasi 1-qismi, yaʼni ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib keliş holatlari böyiça jami 10 ta işlar körilgan.
Komissiya tomonidan voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiruvçi organlar va muassasalarda 5 ta, taʼlim muassasalarida, madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya va sport muassasalarida 5 ta tekşirişlar ötkazilgan.
Voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatini tuşuntiriş, ular bilan işlaşning öziga xos jihatlari böyiça 32 ta davra suhbatlari, 36 ta yiğilişlar ötkazilib, ommaviy axborot vositalarida 8-marta çiqişlar qilingan.
Amudaryo tumani Içki işlar bölimi huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor psixologlari tomonidan ötkazilayotgan reyd tadbirlari ham voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶